» » Nurmat Otabekov: “Koronavirusning odamdan hayvonga yoki uy hayvonidan odamga yuqishini tasdiqlaydigan ma’lumot yo‘q”

Nurmat Otabekov: “Koronavirusning odamdan hayvonga yoki uy hayvonidan odamga yuqishini tasdiqlaydigan ma’lumot yo‘q”


Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusning uy hayvonlariga yuqish-yuqmasligi yuzasidan ma’lumot berdi.

“Koronavirus kasalligining qo‘zg‘atuvchilari qirqdan ko‘proq bo‘lsa ham, undan faqat 7 tasigina odamlarda kasallik chaqira oladi. Ularning 4tasi butun dunyoda uchrab turadi va shamollashning belgilari singari namoyon bo‘ladi. Ularning ikkitasi odamlar uchun juda xavfli deb baholangan. Bular: SARS-CoV-1 va SARS-CoV-2 (COVID-19).

Agarda uyingizda boqayotgan itingiz yoki mushugingizda odamlarda kuzatilayotgan koronavirus kasalligi klinikasiga o‘xshash belgilar paydo bo‘lsa, zinhor buni COVID-19 deb o‘ylamang. Itlarda ham, mushuklarda ham gripp, paragripp, mushuklar O‘RS (mushuk astmasi) kuzatilishi mumkin.

Uy hayvonlarida ham ba’zan u yoki bu parazitar kasalliklar natijasida o‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya), o‘pka va yurak yetishmovchiligi, dirofilyarioz kasalligining (gelmintozlar chaqiradigan parazitar kasallik) yurak shakli ham uchraydi. Lekin COVID-19 odamlardan hayvonlarga, uy hayvonlaridan odamlarga o‘tganini tasdiqlovchi hech qanday ma’lumot yo‘q” –, deya ta’kidlagan Nurmat Otabekov.

Yanvarda bu kabi viruslar hayvondan odamga, shuningdek, odamdan odamga yuqishi mumkin. Lekin faqat yettita koronavirus (Xitoydagisi ham) odamlarda kasallik kelib chiqishini qo‘zg‘atishi ma’lum qilingan. 31-yanvarda “O‘zA”da Xalqaro press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayevning yovvoyi tabiatda ilonning ko‘rshapalakni yeyishi, keyinchalik ilonning Xitoydagi bir kichkina qishloqda, eng oddiy bir oshxonada ovqatlanish stolida yaxshi pishmagan delikatesga aylanishi oqibatda virus mutatsiya bo‘lib, chala qovurilgan taom iste’moli oqibatida odam jismini egallashi hamda atrofdagilarga ham yuqishi haqida kichik maqolasi e’lon qilingandi. Keyinchalik 17-mart kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov matbuot anjumanida oronavirus aslida hayvonlardan odamga yuqadigan virusli kasallik hisoblanishi, lekin COVID-19 odamlardan hayvonga yuqadigan kasalliklar sirasiga kirmasligi, shuning uchun koronavirusning odamdan hayvonga yuqqan holati tasdiqlanmagani haqida aytib o‘tgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют