» » O‘zbekistonda koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lganlarni kamsitganlar 9 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lganlarni kamsitganlar 9 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi


O‘zbekistonda koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan shaxsni haqorat qilganlik, sha’ni va qadr-qimmatiga putr yetkazganlik, kamsitganlik, uning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun 9 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik xabarida aytilishicha, ayrim shaxslar karantindan qaytgan yoki kasallikdan tuzalgan fuqarolarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularga nisbatan hurmatsizlik qilish, kamsitish, sha’ni va obro‘siga putur yetkazish yoki ularni kasallikni boshqalarga ham yuqtirishida ayblash holatlari ham uchramoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantinga joylashtirilgan shaxslar telefonlarining olib qo‘yilishi qonunga zid emasmi?

“Konstitutsiyamizga ko‘ra, hech kim inson qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Har bir fuqaro o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan qonun bilan himoyalangan.

Koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan shaxsni haqorat qilganlik, sha’ni va qadr-qimmatiga putr yetkazganlik, kamsitganlik, uning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun 9 million so‘mgacha ma’muriy jarima belgilangan.

Agar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng ushbu qilmish takroran sodir etilsa, aybdorga 22,3 million so‘mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jinoiy jazo qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, fuqaroning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda oshkor qilish og‘ir oqibatlarga olib kelsa, aybdor 44,6 million so‘m jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, virusga chalinganligini bila turib uni boshqalarga qasddan yuqtirgan, karantin tartibini buzib boshqalarni xavf ostiga qo‘ygan shaxslar ham qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi ta’kidlangan.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 16-martdan 12-aprelga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 51 182 ta holat aniqlandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 833 nafarga yetdi Koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют