» » O‘zbekiston Markaziy banki bankomatlarga “karantin” yozuvi yopishtirib ketilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Markaziy banki bankomatlarga “karantin” yozuvi yopishtirib ketilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqda ayrim fuqarolar tomonidan bankomatlarga “Bankomat ishlamaydi” yoki “Karantin” degan yozuvlarni yopishtirib ketilayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Markaziy bankning jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarovning 11-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilishicha, Markaziy bankning rasmiy kommunikatsiya kanallariga bugungi kunga qadar fuqarolardan bunday holatlar haqida xabarlar kelib tushmagan.

Akmal Nazarov kelgusida bu kabi holatlar yuzaga kelgan taqdirda bankomatlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar yoki Markaziy bankning yagona ishonch telefoni – 71-200-00-44 raqami orqali murojaat qilish mumkinligini aytdi.

Hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida (Humo va Uzcard) to‘lov tizimlarining jami 5 100 dona bankomatlari bank infratuzilmalari va aholi gavjum bo‘lgan joylarga o‘rnatilgani, mazkur bankomatlarning uzluksiz ishlashi hamda doimiy naqd pul bilan ta’minlanishi muntazam nazoratga olinganini bildirdi.

“O‘z navbatida, fuqarolardan bankomatlar orqali naqd pul mablag‘larini olishlari uchun oraliq masofani saqlash, bankomatlarga zarar yetkazmagan holda foydalanish hamda keng aholi manfaatlarini o‘ylab, bankomatlarga turli asossiz yozuvli qog‘ozlarni yopishtirmasliklari so‘rab qolamiz”, — deydi Markaziy bank vakili.

Shuningdek, naqd pul o‘zida virusni saqlash xususiyatiga egaligi bois, undan imkon qadar kamroq foydalanishni, xaridlarni plastik kartalar yordamida amalga oshirishni, shunda ham plastik kartani tez-tez dezinfeksiya qilib turishni tavsiya etdi.

O‘zbekiston bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ham karantin vaqtida naqd puldan ko‘ra, plastik kartochkadan foydalanish zararsizroq ekanini aytgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kredit ta’tillari davomida ham foizlar hisoblanishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют