» » IIV vakili karantin vaqtida jarima maydonchasiga tushgan avtomobillar uchun avtoturargohning kunlik to‘lovi undirilishini ma’lum qildi

IIV vakili karantin vaqtida jarima maydonchasiga tushgan avtomobillar uchun avtoturargohning kunlik to‘lovi undirilishini ma’lum qildi


Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov AOKA qoshidagi shtabda tashkil qilingan brifingda fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob qaytardi va hukumatning koronavirusga qarshi maxsus komissiyasi qarorlarida avtoturargoh uchun kunlik to‘lovni bekor qilish belgilanmaganligini ma’lum qildi.

“Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 23-martdagi yig‘ilish bayoni asosida 24-martdan boshlab transport vositalarining harakatlanishi cheklangan, karantin talablarni buzayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlikni davom ettirishining oldini olish maqsadida ushbu avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtiriladi.

Bugungi kunga qadar karantin qoidalarini buzib harakatlangan 5884 ta avtotransport vositasi aniqlanib, ularning 3930 tasi vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilgan. Haydovchilarga nisbatan karantin qoidasini buzganlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar Sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari tomonidan tuziladi. Maxsus komissiyaning 16-sonli bayoni talablariga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoki ijrosi tugatilgandan so‘ng avtotransport vositasi jarima maydonchasidan chiqariladi. Ya’ni belgilangan jarima haydovchi tomonidan to‘langanidan so‘ng sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari (SEOM) xodimlari jarima to‘langani to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. Ushbu ma’lumotnoma asosida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarish uchun ruxsat beradi va avtomobil jarima maydonchasidan chiqariladi”, – avtotransport vositasining jarima maydonidan chiqarilish tartibini tushuntirgan Erali Bozorov.

Shuningdek, brifingda jarima maydoniga joylashtirilgan transport vositalarining egalaridan turargoh uchun kunlik to‘lov undirilishi borasidagi savollarga ham javob berildi. Erali Bozorovning aytishicha, ma’muriy jarima to‘langanidan keyin avtoulov jarima maydonidan chiqariladi, bunda turargoh uchun ham to‘lovni amalga oshirish talab etiladi. Sababi maxsus komissiyaning qarorlarida avtoturargoh uchun kunlik to‘lovni bekor qilish belgilanmagan.

Mavzuga doir: 

Brifingda Karantinda jarima maydonlariga joylashtirilgan avtomobillarga zarar yetsa uning kim tomonidan qoplanishiga ham anilik kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют