» » Andijonda virusga chalingan bemorlarning 78 nafari tibbiyot xodimi — Shuhrat Abdurahmonov

Andijonda virusga chalingan bemorlarning 78 nafari tibbiyot xodimi — Shuhrat Abdurahmonov


12-aprel kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat aholisiga murojaat yo‘lladi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Vodiy bozor” kanali.

Murojaat davomida Shuhrat Abdurahmonov viloyat bo‘yicha koronavirusga chalingan 90 nafar bemorning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov koronavirus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan aholiga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. Viloyat hokimi o‘z murojaatida koronavirus bilan kasallangan fuqarolar uni qachon va kimdan yuqtirganini aniq bilmasligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют