» » Hindistonda karantin tufayli havo tozalandi. Aholi 30 yildan beri ilk marta Himolayning qorli cho‘qqilarini ko‘rdi

Hindistonda karantin tufayli havo tozalandi. Aholi 30 yildan beri ilk marta Himolayning qorli cho‘qqilarini ko‘rdi


Hindistonning Panjob shtati Jalandxar tumani aholisi ijtimoiy tarmoqlarda Himolay tog‘larining qorli cho‘qqilari suratlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi Esquire.

Tog‘ cho‘qqilaridagi qorlar uzoq vaqtdan beri atmosfera ifloslanishi oqibatida ko‘rinmayotgan edi.

Hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli karantin joriy etilgani uchun atmosferaga zararli moddalar chiqarilishi sezilarli darajada kamaydi hamda havo tozalandi.

“30 yilda ilk marta Himolayning qorli cho‘qqilari Panjobdan, 200 kilometr masofadan, ko‘rinmoqda”, — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.

Himalaya mountains can be seen from Jalandhar since pollution has reduced in Punjab. Beautiful sight ????#punjab #COVID19 #pollution pic.twitter.com/iZy7hwxX9R

— TjSingh (@covsinghtj) April 3, 2020

Hindistonda 24-martdan e’tiboran umummilliy karantin e’lon qilingan. Fuqarolarning ko‘chaga chiqishi taqiqlangan, transportda harakatlanishga ham cheklovlar mavjud, yirik zavod va korxonalar ishlamayapti. Aynan ushbu holat mamlakatda ob-havo tozalanishiga sabab bo‘lgan.

Hindiston aholisi soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, mamlakatda 1,3 milliard kishi yashaydi. Hindiston dunyodagi eng ifloslangan havoga ega mamlakat hisoblanadi.

Mavzuga doir: Hindistonda tug‘ilgan egizaklarga koronavirusga atab ism qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют