» » O‘tgan bir sutka ichida AQShda 1,5 mingdan ortiq bemor koronavirusdan vafot etdi

O‘tgan bir sutka ichida AQShda 1,5 mingdan ortiq bemor koronavirusdan vafot etdi


O‘tgan bir sutka ichida AQShda koronavirus oqibatida 1557 kishi vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga keltirilgan.

Ayni vaqtga kelib butun mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 22 079 kishiga yetgan.

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 557 300 kishini tashkil etmoqda, kasallik eng ko‘p Nyu-York shtatida qayd etilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 41,7 mingdan ortiq odam davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

12-aprel kuni AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylangani, tarixda ilk bor barcha shtatlarda yirik halokat rejimi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQSh o‘z fuqarolarini olib ketishdan bosh tortgan davlatlarga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 12-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 865 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют