» » O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 55 mingdan oshdi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 55 mingdan oshdi


O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 55 386 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 9 029 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 7 705 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Eslatib o‘tamiz, 6-apreldan boshlab Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etildi. Shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istisno holatlardan tashqari mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklandi.

Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi xabar qilindi. Bosh prokuratura fuqarolardan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida kundalik yuritishni so‘radi.

Shuningdek, 6-apreldan boshlab Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida karantin tartibini nazorat qiluvchi “Jamoatchilik nazorati maskani” tashkil etildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 35) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют