» » Koronavirus O‘zbekiston klublariga moliyaviy tomondan qanday ta’sir qiladi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Koronavirus O‘zbekiston klublariga moliyaviy tomondan qanday ta’sir qiladi? Diyor Imomxo‘jayev javob berdi


O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev koronavirus sabab yuzaga kelgan tanaffus Superliga klublariga qanday ta’sir o‘tkazishi haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Koronavirus bizning klublarga moliyaviy tomondan qanday ta’sir qiladi?

Bizning ayrim klublar har yili koronavirusdan-da qiyinroq kunlarni boshidan kechiradi, ya’ni, smetasi martda ham tasdiqlanmaydi. Shundan kelib chiqsak, koronavirus ular uchun qo‘rqinchli emas.

“Navbahor”ni inobatga olmaganda, qolgan klublarning chipta savdosidan tushumi u qadar ko‘p emas. Demak, o‘yinlarning yo‘q bo‘lib qolishi ham katta iqtisodiy zarar keltirmaydi.

Bizning stadionlarga Yevropaning top stadionlarida bo‘lgani kabi har kuni minglab turistlar kelmaydi. Demak, bu boradagi tushumlar ham yo‘qolib qolmaydi.

Klublarimiz atributikalar savdosidan deyarli pul topmaydi. Bu borada ham koronavirus savdolarni to‘xtatib qo‘ymaydi.

O‘zPFL teletranslyatsiyalardan pul ishlashgacha yetib borganicha yo‘q, bunga futboldan tashqi omillar ham sababchi. Shundan kelib chiqsak, o‘yinlarning to‘xtatilishi asosan futbolchilar formasigagina ta’sir o‘tkazadi.

Klub a’zolarining o‘z maoshlarini vaqtida olmasligi koronavirusga qadar ham normal holat bo‘lgan. Shuning uchun futbolchi va murabbiylar qishni asosan PFL binosida, sobiq klubi bilan sudlashib o‘tkazadi”, — deydi Imomxo‘jayev.

Shuningdek, mutasaddi koronavirus sabab klublarni ta’minlab turgan korxonalarning qiyin ahvolda qolishi jamoalarni moliyalashtirishga ta’siri haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biroq bu kasallik klublarga pul berayotgan korxonalarga ta’sir etishi mumkin. Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol dengiziga kamroq quyila boshlagach, oqibat nima bo‘lganini yaxshi bilasiz. Ammo bu ham vahimaga sabab bo‘lmasligi kerak. Orol ekologiyaga salbiy ta’sir etgan bo‘lsa, yuqoridagi holat futbolga ijobiy reaksiya beradi. Biz allaqachon shu yo‘ldamiz”, — deya qo‘shimcha qildi PFL xodimi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasi o‘yinlari koronavirus sabab 16-mart kunidan to‘xtatilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют