» » O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursining keskin o‘sgani sababini ma’lum qildi

O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursining keskin o‘sgani sababini ma’lum qildi


O‘zbekiston Markaziy banki aprel oyida ichki valyuta bozorida so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi tebranuvchanligi oshgani yuzasidan izoh berdi.

Xususan, so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi oy boshiga nisbatan 1,8 foizga (yil boshiga nisbatan 2,7 foizga) oshib, 9 762 so‘mni tashkil etdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin ko‘tarildi

Markaziy bankning qayd etishicha, so‘mning birja kursining o‘zgarishi talab va taklifning ichki va tashqi omillari ta’sirida, birinchi navbatda, joriy operatsiyalar hisobvarag‘i o‘zgarishi asosida shakllanadi.

“Koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha hamkor davlatlarda va respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida savdo hamda investitsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalarning sekinlashishi, o‘z navbatida, import-eksport hajmlarining qisqarishiga va mos ravishda ichki valyuta bozorida faollikning pasayishiga olib keldi”, — deyiladi Markaziy bank axborotida.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil mart oyida eksport tushumlari hajmi oldingi oyga nisbatan 10 foizga kamaygan. Karantin choralari va iqtisodiy faollikning sekinlashishi, shuningdek, Rossiya va Qozog‘istonda milliy valyutalar kursining devalvatsiyasi tufayli transchegaraviy pul o‘tkazmalarida ham pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

2020-yil mart oyida O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari hajmi 296 million dollarni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 23 foizga pasaygan bo‘lsa, aprelning dastlabki sakkiz ish kunida mart oyining mos davriga nisbatan 3 barobarga qisqardi.

“Ushbu omillar jismoniy shaxslar bilan operatsiyalar segmentida so‘mning almashuv kursi bo‘yicha ma’lum nisbatan kutilmalarning shakllanishiga olib keldi. Mart oyidan boshlab aholi tomonidan xorijiy valyuta sotib olish hajmining sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Xususan, mart oyida jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish hajmining oylik o‘sishi 45 foizni tashkil etgan bo‘lsa, aprelning dastlabki sakkiz ish kunida sotib olish hajmi o‘tgan oyning mos davriga nisbatan 28 foizga ko‘paygan.

Shunga qaramay, Markaziy bank so‘m almashuv kursining qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholamoqda. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, qisqa muddatli davrda so‘m almashuv kursi ma’lum bir kichik o‘zgarishlardan keyin o‘zining fundamental trendiga yaqin darajada shakllanadi.

Markaziy bankning qo‘shimcha qilishicha, tijorat banklari kassalarida konverciya operatsiyalarini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda naqd xorijiy valyuta mavjud va barcha banknotalar dezinfeksiya qilingan.

“Banklarning ayirboshlash shaxobchalari odatdagi rejimda ishlamoqda va naqd xorijiy valyutani sotish va sotib olish bo‘yicha hech qanday cheklov va to‘siqlar o‘rnatilmagan”, — deyiladi Markaziy bank axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют