» » O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bosqichma-bosqich bank kartalari orqali to‘lash joriy qilinadi

O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bosqichma-bosqich bank kartalari orqali to‘lash joriy qilinadi


O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bosqichma-bosqich bank kartalari orqali to‘lash joriy qilinadi. Bu bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va moliya vaziri Timur Ishmetov tomonidan 13-aprel kuni imzolangan, tegishli idora va tashkilotlar hamda tijorat banklariga naqd pul muomalasini qisqartirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan qo‘shma xatda belgilangan.

Unga ko‘ra, pensiya to‘lovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali to‘lash, buni eng avvalo 2020-yil may oyidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida to‘liq joriy etish vazifasi topshirilgan. Undan keyingi oylardan boshlab esa O‘zbekistonning barcha xududlarda pensiya to‘lovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali to‘lanishi ta’minlanadi.

Qayd etilishicha, Xalq banki tomonidan Pensiya jamg‘armasining xududiy bo‘limlaridan tegishli ma’lumotlarni olgan holda, pensionerlarga bank kartalari ochiladi. Bank xodimlari tomonidan navbatdagi pensiya to‘lovlarini tarqatish jarayonida pensionerlarga bank kartalari barcha sanitar talablarga rioya qilgan holda ularning yashash manzillari bo‘yicha yetkazib beriladi.

“Karta egasining xohishiga ko‘ra, kartadagi mablag‘lar naqdlashtirib beriladi. Bosqichma-bosqich barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari oldida banknomatlarni joylashtirish ishlari tashkil etiladi”, — deya xabar bermoqda @bankers_uz. Qo‘shma xatda Davlat soliq qo‘mitasiga savdo nuqtalarini barcha turdagi (Uzcard va Humo) to‘lov terminallari bilan ta’minlanganligini hamda ularning uzluksiz ishlashini qattiq nazoratga olish vazifasi yuklatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya tizimidagi tashkilotlarning ishchi-xodimlariga ish haqi to‘lovlarini to‘liq bank kartalari orqali to‘lash choralari ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют