» » Rossiyada bir sutka ichida 2558 kishida koronavirus aniqlandi

Rossiyada bir sutka ichida 2558 kishida koronavirus aniqlandi


13-aprel holatiga ko‘ra Rossiyaning 62 viloyatida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 2558 ta holat qayd etildi. Bu haqda virusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 328 kishiga yetgan.

COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha aksariyat holatlar Moskva shahri (bir sutkada 1355 kishi), Moskva viloyati (495 kishi) hamda Sankt-Peterburg (121 kishi) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka ichida koronavirus qurbonlari soni 18 taga ko‘paygan. Epidemiya boshlanganidan buyon Rossiyada jami 148 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi. Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 179 kishga kasalxonadan javob berilgan. Shunday qilib, mamlakatda davolanganlar soni 1470 kishiga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun Rossiya bo‘ylab 1,3 milliondan ortiq odam koronavirusga test topshirgan.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtda koronavirus infeksiyasining eng yuqori cho‘qqisi hali sodir bo‘lmaganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Moskvada ko‘chaga chiqish uchun raqamli ruxsatnoma joriy qilinadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют