» » Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga safar qilishi rejalashtirilgan

Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga safar qilishi rejalashtirilgan


Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Muloqotda prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va ilmiy-innovatsion hamkorlikda erishilgan sur’atlarni saqlab qolish masalalariga batafsil to‘xtalgan.

Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalari, ushbu mamlakat Eksimbanki va EDCF jamg‘armasi ishtirokidagi ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarning amalga oshirilishi tahlil qilingan.

Mavzuga doir: Prezident Yashnobod tumanida Janubiy Koreya fondi bilan hamkorlikdagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi bilan tanishdi (foto)

Savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni sezilarli darajada ortgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu ishbilarmon doiralarning o‘zaro qiziqishi kuchayib borayotganiga dalolat ekani haqida yakdil fikr bildirilgan.

“2019-yil aprelida O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish hamda Seulda bo‘lajak uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari darajasida faol muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi”, — deyiladi rasmiy axborotida, biroq tashrif sanalariga aniqlik kiritilmagan.

Suhbatda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni davom ettirish va sa’y-harakatlarni birlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют