» » Tabiatning o‘zi tabib: terini sog‘lom va yosh ko‘rsatuvchi 6 mahsulot

Tabiatning o‘zi tabib: terini sog‘lom va yosh ko‘rsatuvchi 6 mahsulot


Barcha ayollar yosh va go‘zal ko‘rinishni istaydi, lekin ba’zida go‘zallik siri iste’mol qilinadigan mahsulotlar bilan bog‘liqligini unutib qo‘yadi. Salomatligiga befarq bo‘lmaganlar uchun Good house nashri terining sog‘lom va tarang ko‘rinishiga yordam beruvchi mahsulotlar haqida ma’lumot beradi.

Tuxum

Tuxumning soch va teri uchun foydasi katta. Unda soch, tirnoq va teri salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, terining elastikligini ta’minlovchi aminokislotalar mavjud. Tuxumni kunning birinchi qismida nonushta vaqtida yeyish tavsiya qilinadi. Undan tayyorlangan omlet ham mazali ham foydali bo‘ladi.

Ko‘katlar

Ko‘katlar taomnomadan o‘rin olishi shart hisoblanadi. Chunki ushbu mahsulot nafaqat teri, balki boshqa organlar va salomatlik uchun ham ahamiyatli. Ko‘katlar iste’mol qilgan inson yosh va tetik ko‘rinadi, teri rangi tiniq va sog‘lomligi bilan e’tiborni tortadi. Ayniqsa, bahor mavsumidagi vitamin yetishmovchiligida ko‘katlardan salat va taomlar tayyorlashni kanda qilmaslik kerak. Baliq, go‘sht mahsulotlari bilan qo‘shib yeyish yoki ko‘k somsa tayyorlash tavsiya qilinadi.

Chia urug‘i

Markaziy va Janubiy Amerikada yetishtiriladigan chia urug‘ining 2 qoshig‘ida 5000 mg Omega 3 yog‘ kislotalari mavjud bo‘ladi. Ushbu kislotalar teridan namlik  chiqib ketmasligini nazorat qiladi hamda melanoma, ya’ni asosan terida paydo bo‘ladigan turli o‘smalarga qarshi profilaktik vosita hisoblanadi. Mazkur foydali o‘simlik urug‘ini turli bo‘tqalar, xususan, suli yormasi yoki smuziga qo‘shib yeyish mumkin.

Bodom

Bodomda E vitaminining 50% kundalik normasi mavjud bo‘lib, o‘zida antioksidantlarni mujassam etgani bilan ham ahamiyatli sanaladi. Shuningdek, bodom tarkibidagi moddalar teri namligini saqlaydi va ajin tushishining oldini oladi. Bodomni meva yoki tvorogga, yo bo‘lmasa pishiriqlarga qo‘shib yeyishingiz mumkin.

Asal

Asal shirin bo‘lgani bilan shakar singari qonda glyukoza ko‘payishiga sababchi bo‘lmaydi. Uning tarkibida marganets va selen minerallari mavjud. Asal terini yosh va tetik ko‘rsatish xususiyatiga ega. Uni nafaqat iste’mol qilish, balki yuz uchun limon va sut bilan birga qo‘shib niqob sifatida foydalanish ham mumkin.

Tarvuz

Tarvuz terini ichki tomondan namlantirish, uni silliq va jiloli ko‘rsatish xususiyatiga ega. Tarvuz nafaqat teri go‘zalligi, balki hazm jarayoni uchun ham foydali hisoblanadi. Uni to‘rtburchak shaklda kesib, boshqa mevalar bilan qo‘shib salat qilib yeyish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют