» » “Qo‘rqinchli Qashqadaryo”. “Sho‘rtan” “Lokomotiv”dan keyin “Paxtakor”ni ham mag‘lub etdi

“Qo‘rqinchli Qashqadaryo”. “Sho‘rtan” “Lokomotiv”dan keyin “Paxtakor”ni ham mag‘lub etdi


O‘zbekiston Oliy ligasining 6-turidan joy olgan ikki o‘yin 14-aprel kuni bo‘lib o‘tgandi. Bugun — shanba oqshomida yana 5 ta uchrashuvga yakun yasaldi.

Rahbariyat o‘zgarganligi taxmin qilinayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi mavsumdagi uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Qashqadaryodagi so‘nggi tashrifida “Mash’al”dan 0:3 hisobida yengilgan “paxtakorchilar”, bu safar “Sho‘rtan”ga xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, “Sho‘rtan” ikki tur avval bosh murabbiy Aleksandr Volkovni ishdan bo‘shatgan va yana ikki nafar futbolchini haydab yuborgandi. Shundan so‘ng G‘uzor klubi avvaliga “Lokomotiv”ni 2:0, keyin esa “Paxtakor”ni 3:0 hisobida taslim qildi.

Mazkur turning markaziy o‘yini Toshkent shahrida o‘tib, unda ham poytaxt va voha klublari o‘zaro raqib bo‘ldi. Mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” o‘zi kabi 9 ochkoga ega bo‘lib turgan “Nasaf” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Bunga qadar tomonlarning poytaxtda o‘tkazilgan 12 ta o‘yinida teppa-teng natija qayd etib turilgandi.

Mavsumni ketma-ket uch g‘alaba bilan boshlagan liga debyutanti “Dinamo” so‘nggi ikki turda mag‘lub bo‘lgandi. O‘zbekiston Prezidentining Samarqandga tashrifi chog‘ida esa klub mavsumdagi to‘rtinchi g‘alabasini nishonlashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
6-tur o‘yinlari
15-aprel, shanba

Gollar: Igor Taran, 34 (1:0). G‘ulom Rahmonov, 71 (2:0). Igor Taran, 81 (3:0).

Gollar: Orif Mamajonov, 22 (1:0). Javohir Qahramonov, 57 (2:0). Bahriddin Vahobov, 64 (2:1). Amirjon Safarov, 90 (3:1).

Gollar: Sanjar Rashidov, 27 (0:1). Ilhom Yunusov, 52-pen (1:1).

Gollar: Marat Bikmayev, 32 (1:0). Marat Bikmayev, 51 (2:0). Sharof Muhitdinov, 90 (2:1).

Опубликовано: admin (15-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют