» » Jizzaxdagi karaoke-barda karantinga qaramay mijozlar qabul qilingani aniqlandi

Jizzaxdagi karaoke-barda karantinga qaramay mijozlar qabul qilingani aniqlandi


Respublika bo‘ylab karantin rejimi joriy etilganiga qaramay, Jizzaxdagi karaoke-barda mijozlarga xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 12-aprel kuni shaharning N.Qo‘shoqov ko‘chasida yashovchi 23 yoshli X.I. o‘ziga tegishli bo‘lgan karaoke-barda 5 nafar mijozlarga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan javobgarlikka tortilgan.

Ushbu modda bilan ayblangan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

Avvalroq Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat ko‘rsatgan chilimxona borligi aniqlangani, Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 55 mingdan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют