» » Qashqadaryoda ham koronavirusga chalingan ikki bemor sog‘aydi

Qashqadaryoda ham koronavirusga chalingan ikki bemor sog‘aydi


Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay tuzalganini ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 44 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning navbatdagi guruhi o‘rin almashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют