» » JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi

JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich masofa saqlash koronavirusdan niqobga qaraganda yaxshiroq himoya qilishini aytdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Uning fikricha, boshqa himoya usullariga amal qilinmasa, tibbiy niqob taqish befoyda.

“Agar sog‘ odam bemor bilan bir xonada bo‘lmasa, unga tibbiy niqob shart emas. Agar odamlar orasida bo‘lsa, u holda taqish lozim. Biroq jismoniy masofa saqlash niqobdan ham yaxshiroq himoya qiladi”, — degan u “Rossiya 1” telekanali efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, niqobning o‘zi koronavirusdan to‘liq himoya qilmaydi. Agar masofa saqlanmasa, qo‘llar yuvilmasa, odam niqob taqsa ham, “kasallanishi aniq”. Melita Vuynovich niqob o‘z-o‘zidan zararli emasligi, ammo odamlar uni deb xatti-harkatlarini o‘zgartirishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, niqoblarni 2 soat foydalangandan so‘ng qaytib taqmaslikka chaqirgan.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus ham tibbiy niqoblardan faqat shifokor va kasallanganlar foydalanishi lozimligini, niqob taqqan odamlarda himoyalanganlikning yolg‘on hissi paydo bo‘lib, qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir: “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют