» » Koronavirusga chalingan chiroqchilik 14 yoshli bemorning 158 nafar qishloqdoshi karantindan uyiga qaytdi

Koronavirusga chalingan chiroqchilik 14 yoshli bemorning 158 nafar qishloqdoshi karantindan uyiga qaytdi


Koronavirus yuqtirib olgan chiroqchilik 14 yoshli bemorning 158 nafar qishloqdoshi ikki haftalik karantin muddatini o‘tab, uyiga qaytdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori To‘lqin Rasulov ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 12-aprel kuni 84 nafar va 13-aprel kuni 74 nafar — jami 158 nafar fuqaro Qarshi shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan uyiga kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, karantindan chiqqanlarning barchasi Chiroqchi tumanining Zum qishlog‘ida yashovchilar bo‘lib, 14 yoshli bemorda kasallik kuzatilgach, karantinga olingan edi.

“Karantinda Zum qishlog‘ida yashovchi yana 10 nafar fuqaro bor. Ular 158 nafar fuqarodan keyin olib kelingani uchun 2-3 kundan keyin karantin muddatini tugatib, uyiga qaytariladi. Karantinga olinganlar tekshirilganda barchasi sog‘lom ekanligi ma’lum bo‘ldi”, — deydi To‘lqin Rasulov.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 215 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, shundan 168 nafari Chiroqchi tumanining Zum qishlog‘idan, 19 nafari esa tumanning Qizilchovra qishlog‘idan. Qolgan 21 nafar fuqaro esa dastlabki karantinga olinganlarni qo‘riqlovchi xodimlar.

Karantindan chiqqan fuqarolar viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda manziliga kuzatilgan. Endilikda ularning barchasi ma’lum muddat tibbiy kuzatuvda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 30-mart kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan 145-bemor Chiroqchi tumanining Zum qishlog‘ida yashovchi 14 yoshli bemor ekanligi ma’lum qilingach, kasallik uning 36 yoshli otasi va 16 yoshli opasida ham aniqlandi. So‘ngra yana bir opasi va ukasi ham kasallikni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют