» » Umrning qanday otganini sezdingmi? Mixail Sholoxovning Inson taqdiri hikoyasi haqida

Umrning qanday otganini sezdingmi? Mixail Sholoxovning Inson taqdiri hikoyasi haqida


Daryo kolumnisti Nurbek Alimov Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Mixail Sholoxovning Inson taqdiri hikoyasini tahlil qiladi.

Fleshbek

Mixail Sholoxovning Inson taqdiri hikoyasi men uchun juda qimmatli va kuchli asar. Asarni tahlil qila olishga jasoratim yetmasa kerak deb oylar edim. Ammo bugun shu hikoya tahliliga qol urdim. Asarni birinchi marotaba talabalik yillarimda oqiganman va soatlab bir nuqtaga termulib qolganman. Hayotimda biror qiyinchilikka duch kelgan paytim men hikoyani qayta oqishga kirishaman. Sizga ham ilindim, albatta, oqing.

Asar haqida

Mashhur rus yozuvchisi Mixail Sholoxovning ushbu hikoyasi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan on yillar otib, 1956-yilda yoziladi. Ammo asar qahramoni va mavzusi allaqachon pishib yetilgan edi, yani urush tugashidan bir yil otib muallif yol-yolakay uchratgan suhbatdoshining hikoyasidan tasirlanganida, Bu mavzuda, albatta, yozaman, deya yuragiga tukkan edi. Asar 1956-yili 31 dekabr kuni Pravda gazetasida bosilib chiqdi.

Sujet

Asar malum nuqtagacha rassom-yozuvchi tarafidan hikoya qilinadi va keyin uning suhbatdoshi, yani asar qahramoni tilidan davom ettiriladi. Hikoya urush tugaganiga bir yil otib, bahor tasviri bilan boshlanadi. Muallif ish uchun yol yurib borarkan bir daryo kechigidan ikki kishilik solda otishiga togri keladi. Va hamrohlarini kutish sirasida suhbatdoshi bilan uning yonidagi mitti bolakayga duch keladi. Muallifni bu insonning usti yirtiq-yamoq bolsa-da, yonidagi bolakayning anchayin orasta kiyintirilgani ajablantiradi. Suhbat boshlanadi, aynan shu orindan hikoyani asar qahramoni davom ettiradi.

Bu metin irodali inson Andrey Sokolov edi. U 1900-yilda Voronejda tugilgan, bolaligidan boshlab ogir kunlarni boshidan kechirgan. Anchayin ocharchilik bolgan osha davrlarda Andrey boshqa shaharlarga ishlashga ketgan, kop ogir ishlarni qilgan va bir amallab qorin toygizgan. Ammo uning ota-onasi va singlisi ochlikdan vafot etgan. Hayotida hech bir yaqin kimsasi qolmagan Andrey oradan yillar otib uylanadi va uning hayoti yana nurga toladi. Yetimxonada katta bolib qiyinchilikni yaxshigina his qilib ulgaygan turmush ortogi Irina Andrey bilan birga osuda va baxtli hayot kechirar edi.

Avval ogilli, keyin ikki qizli bolishadi. Ogli Anatoliy juda ilmli, ayniqsa, matematikaga ozgacha qobiliyatli bola bolib yetishadi. Mana shunday baxtli hayot davom etarkan, urush boshlanib Andrey jang maydoniga otlanadi. Erini frontga kuzatar ekan, Irina yiglayverib ado boladi va eriga bundan keyin korisholmaymiz deydi. Bundan jahli chiqqan Andrey boynidan osilib yiglayotgan xotinini qolidan ushlab itarib yuboradi. Bir balo qilib yupatib, oilasi bilan xayrlashib jangga yol oladi.

Janglarda ikki marta yaralanadi va eng dahshatlisi qiyin kechgan janglarning birida nemis askarlariga asir tushadi. Asirlik davri ikki yil davom etadi. Bu vaqt mobaynida Andreyning kormagan azob-u qiyinchiligi qolmaydi. Itdek kaltaklanadi, ochlikdan qiynaladi. Rus askari bolsa-da, xoinlik qilgan yigitni oldirishga majbur boladi. Asirlikda Germaniyaning Rur, Bavariya, Berlin va shu kabi juda koplab shaharlariga olib ketiladi. Bir necha bor qochishga ham urinib koradi, ammo bolmaydi.

Olimga tik qarasa ham dushmanga boshini egmagan Andrey ikki yil deganda bir nemis mayoriga haydovchilik qilishga tayinlanadi va Vatanga yaqin masofadagi shaharga yuboriladi. Bu vaziyatni qoldan bermay, barcha ehtiyot choralarini koradi, mast holdagi nemis mayorni yaralab mashinaga boglaydi va Vatan sarhadlari tomon yeldek uchadi. Amallab rus armiyasi tomonga otadi va bu jasorati uchun mukofotlanadi. Ozodlikdan sarmast Andreyga oilasini korib kelish uchun bir oyga tatil beriladi va u hayajon ichra oilasiga xat yollaydi.

Biroz kechikishlardan song javob xatini qoshnisi Ivan Timofeyevichdan oladi. Bu xat unga qattiq zarba boldi. Xatda janglardan birida aviazavodga nemislar tomonidan berilgan havo zarbalarning birida bombalardan biri aynan uning uyiga tushgani va oila azolarining osha paytda uyda bolgani, halokatdan song ulardan nom-nishon topilmagani haqida edi. Ammo ogli Anatoliy osha payt shaharda bolgani sababli omon qolgani, voqeadan xabar topgach kongilli bolib jangga otlangani ham yozilgan edi.

Hech bolmasa oglining tirik qolganidan konglida oz bolsa-da, iliqlik qolgan Sokolov oglidan xat oladi. Harbiy sohada ancha muvaffaqiyatga erishgan Anatoliy oltita orden va medallar bilan mukofotlangan, komandir etib tayinlangan edi. Bularni oqigan Sokolov oglini korish, uni uylantirish, shirindan-shakar nabiralar qurshovida qolish haqida orzularga berilib ketadi. Anatoliy bilan korishishiga bir necha kun qolgan hayajonli kunlarning birida navbatdagi fojiali xabar keladi.

Ogli jangda mardonavor halok bolgan edi. Kop otmay Andrey armiyadagi ishiga yakun yasab, Uryupinskdagi bir dostining uyiga yol oladi. Osha yerda haydovchilik qiladi. Otasi jangda, onasi poyezdga bomba tushganda vafot etgan 45 yoshlardagi Vanyushani uchratib qoladi va uni oziga ogil qilib oladi. Vanyusha tufayli Andreyning hayoti yana nurga toladi. Ishida yuz bergan muammo tufayli Uryupinskdan Kasharga yayov yol olgan Andrey bilan Vanyusha mana shu orinda daryo kechigida muallif bilan suhbatini tugatib yoliga davom etadi.

Tahlil

Inson taqdiri hikoyasi yuqorida aytib otganimizdek urush tugagan yillarda yozish rejalashtirilgan bolsa-da, oradan on yillar otib, 1956-yilda yozilgan. 1953-yilda Stalin vafot etdi. Uning 270-sonli qaroriga muvofiq jangda dushmanga taslim bolganlar xoin hisoblanib, yoq qilinishi kerak. Ularning oilasi esa har qanday davlat yordamidan mahrum etilishi kerak edi. Sholoxov Stalin siyosatiga doimo tanqidiy yondashgan va Inson taqdiri hikoyasida ham osha tanqidiy yondashuvni kuzatishimiz mumkin.

U oz asarlarida urush yillarida minglab asir tushgan askarlar hayotining qanchalik qiyin kechganini va jamiyatning ular haqidagi fikr va qarashlarini ozgartirishga uringan va bunga erishgan desam togri boladi. Sholoxov ijodida harbiy adabiyot ozining tub burilishiga uchrab, minglab Sokolovlar hayotiga ozining ijobiy tasirini korsata olgan.

Asarni adabiy unsurlar boyicha tahlil qiladigan bolsak, muallif bilan Andreyning uchrashib qolishi va muallifning Vanyusha nega orasta, toza kiyingan-u, bu odam yirtiq-yamoq holatdaligini oylagan orni bu asar tugunidir. Bu odam kim? Yonidagi bolakay uning kimi boladi kabi savollar oquvchini ham oylantirib qoyadi. Asarning hikoya shakli ham ozgacha. Shartli ravishda hikoya voqealarini urushdan oldingi, urush davri va urushdan keyingi voqealar kabi zamonlarga ajratsak ham xato bolmaydi.

Hikoya ichida hikoya tarzida bayon qilingan asar qahramoni temir irodali Andrey Sokolov mardonavor, magrur, sadoqatli rus jangchisi timsolidir. Hikoyani oqir ekansiz, bu xarakterning qanchalar kuchli iroda sohibi ekaniga guvoh bolasiz. U bolaligidan yoqchilik azobini chekdi, malaylik qildi, ocharchilik tufayli oilasi ochlikdan vafot etib hech kimsiz qoldi. Bu uning hayotidagi kurashlarda olgan ilk zarbasi edi va bundan keyin barini yoqdan bor qila oldi.

Bir qizga kongil qoydi, uylandi, ular mojaz uy sotib oldi, farzandli boldi, yani hayotining qop-qora zulmatli kunlaridan yorug kunlarga yetib kela oldi, taslim bolmadi. Umr yoldoshi Irina Andrey bilan baxtli edi. Andrey hikoya qilarkan, frontga ketishi oldidan Irinaning u bilan xayrlashayotganda aytgan gapi uchun koksidan itarganini eslagani va asar kulminatsion nuqtasiga chiqib Irina, Nastya va Olyushka bomba tushishi oqibatida nom-nishonsiz halok bolishini oqigan paytda oquvchining qalbidan nimadir uzilib tushganday boladi.

Bir inson uchun bundan ortiq dahshat bolishi mumkin emasday goyo. Goyoki inson ruhiyati bu fojialarni yenga olmaydiganday tuyuladi. Ammo hayot davom etadi, irodasiz insonlargina hayot tamom deb nuqta qoyishi mumkin. Shuncha ogir kunlarni boshidan kechirishiga qaramasdan oglini tirik qolganini eshitgan ota qalbidagi songgi iliqlik bilan hayot kurashida yana davom etadi. Ammo sinovli dunyoning zarbalari hali tugamagan edi.

Ogli bilan korishishiga oz qolganda uning, hayotidagi songgi ilinji dilbandining jangda vafot etganini oqigan oquvchi endi ozini yiglashdan toxtata olmaydi. Azoblanadi, ruhiyati dosh bermaydiganday tuyuladi davom etishga. Ammo Andrey umuman yiglamaydi ham. Chunki uning koz yoshlari qalbiga botib ketgan edi. U kurashishdan toxtamaydi, insoniyatga inom qilingan hayot atalmish nematdan iliqlik qidiradi va Vanyushani uchratib qoladi. Hayot uning uchun yangidan boshlanadi. Hikoyani oqiyotgan oquvchi ham asar songgida biroz tin oladi, ammo hikoyani oqib tugatgach beixtiyor bir nuqtaga uzoq termulib qoladi.

Xulosa

Mixail Sholoxov buyuk yozuvchi. Uning asarlari zamon tarixidan hikoya qilish bilan birga insonga kurashishni, taslim bolmaslikni orgatadi. Qiyin davrlarda ham tushkunlikka tushmasdan hayotdan rang qidirishga undaydi.

Qiziqarli faktlar

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-04-2020, 17:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -