» » IIV Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda “vatanparvar blogerlar” guruhini tuzishni taklif etdi. Yoshlar Ittifoqi esa buni rad etdi

IIV Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda “vatanparvar blogerlar” guruhini tuzishni taklif etdi. Yoshlar Ittifoqi esa buni rad etdi


Ichki ishlar vazirligi TATU talabalari, Yoshlar Ittifoqi va yosh volontyorlar orasida “vatanparvar blogerlar” guruhini tuzish taklif qilingan Prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev tashkiloti ushbu loyihaning ishlab chiqilishiga aloqasi yo‘qligini bildirgan va shu sababli qarordagi bandda Yoshlar Ittifoqini olib tashlashni so‘ragan.

Yoshlar Ittifoqi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur hujjatga Yoshlar Ittifoqi aloqador emas. Uni o‘rganish uchun tashkilotga yuborilganida aynan shu punktdagi taklifga o‘z munosabatini bildirib, keskin qarshiligini bayon qilgan.

O‘zbekiston IIV muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasi bilan tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi”da O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi a’zolari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida “vatanparvar blogerlar” virtual guruhini tashkil etish belgilangan.

Ular yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlash hamda tarmoq foydalanuvchilarini ularning ta’sir doirasiga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida bildirilayotgan salbiy fikrlarga murosasizlik muhitini yaratish vazifasi bajarilishi ko‘zda tutilgan.

Virtual guruh tuzish “Yo‘l xaritasi”ning 9-bandida belgilgangan va chora-tadbirlar dasturi 2020—2022-yillar uchun mo‘ljallangan.

“Gazeta.uz” nashrining Yoshlat Ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayevning izohiga asoslanib yozishicha, uning rahbarligidagi tashkilot ushbu loyihaning ishlab chiqilishida ishtirok etmagan. Sa’dullayevning so‘zlariga ko‘ra, Yoshlar Ittifoqi ushbu banddan tashkilot nomi olib tashlanishini talab qilmoqda.

“Mazkur taklif va tavsiyalar asosida hujjat loyihasi o‘rnatilgan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi va kelishish uchun mutasaddi idoralarga kiritiladi,” — deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Qaror loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi huzurida Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etish va voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash ko‘zda tutilgan:

Shuningdek, qaror loyihasida 2020-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxs tashkil etmagan holda Ichki ishlar vazirligi huzurida Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi qayd qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют