» » Kattaqo‘rg‘ondagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kattaqo‘rg‘ondagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Go‘zalkent” mahallasida ikki qavatli uylarning birida 12-aprel, yakshanba kuni, portlash sodir bo‘lgani xabar berilgandi. IIV portlash is gazining siqilishi natijasida yuzaga kelgan chaqnash oqibatida sodir bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan Jinoyat kodesining 259-moddasi 2-qismi a, b bandlari (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishi, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi yuzasidan alohida nazorat o‘rnatilgan.

Dastlab hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangandi. Keyinchalik jarohatlanganlarning yana biri vafot etgan. Qolgan to‘rt kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonada qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют