» » 34 yil ichida 500 km yurgan BMW E30 yangi 5-Series narxida sotuvga qo‘yildi

34 yil ichida 500 km yurgan BMW E30 yangi 5-Series narxida sotuvga qo‘yildi


Buyuk Britaniyada E30 kuzovidagi BMW 325iX — “vaqt kapsulasi” sotuvga qo‘yildi. Mashina 34 yil davomida 509 kilometr masofa bosib o‘tgan bo‘lib, maxsus boksda mo‘tadil harorat ostida saqlangan. Sedan 1986-yili daniyalik kolleksioner tomonidan xarid qilingan: avtomobil to‘liq yangi holatda va biror marta ro‘yxatga olinmagan, deb xabar beradi Super Vettura.

BMW 325iX — Bavariya markasi tomonidan urushdan keyin ishlab chiqarilgan to‘liq uzatmali ilk avtomobil. Sedanni ishlab chiqarish 1985-yilda boshlangan bo‘lsa, 1985-yilning martiga kelib sotuvga chiqarilgan. Mashinaga 170 kuchga ega 2,5 litrli M20B25 injektor dvigateli o‘rnatilgan.

BMW 325iX’ning egasi mashinadan deyarli foydalanmagan: sedanning ayrim eshiklari 30 yildan ortiq vaqt davomida ochilmagan ham. BMW E30’ning moyi almashtirilgan, yangi akkumulyator o‘rnatilgan va diagnostikadan o‘tkazilib, sotuvga qo‘yilgan. Hatto Michelin shinalari ham zavoddan chiqqanidan beri shundayligicha turibdi.

Yangi BMW 3325iX E30 qimmat: salon avtomobil uchun 48 ming funt sterling so‘ramoqda — bu pulga Buyuk Britaniyada yangi BMW 5-Series xarid qilsa bo‘ladi. Eksport bozori uchun narx biroz pastroq: Kanada yoki AQShdagi xaridorlar E30’ni 40 ming funt sterlingga olib ketishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют