» » “O‘zgidromet” yomg‘irli ob-havo qachongacha davom etishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” yomg‘irli ob-havo qachongacha davom etishini ma’lum qildi


“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 13-aprel, dushanba kuni ham deyarli butun O‘zbekiston hududi nisbatan iliq, ammo juda nam havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir faqat ertalab yog‘ib o‘tdi, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

14-aprel, seshanba kuni ham respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qorqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

15-aprel, chorshanba kuni, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shu kunlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin, kunduzgi harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

13—14-aprel kunlari respublikaning tog‘oldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Haftaning ikkinchi yarmida nam havo oqimi respublika hududini butunlay tark etadi. Mamlakatda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi, va kunduzi 19-24 darajagacha yetadi, bu aprel oyi o‘rtasi uchun xos bo‘lgan haroratdir.

Avvalroq “O‘zgidromet” respublikada 12—14-aprel kunlari shiddatli shamol esib, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Karantinda ob-havoni oldindan prognoz qilish yomonlashganining 3 asosiy sababi aytildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют