» » Moody’s O‘zbekiston bank tizimi MDH mamlakatlariga nisbatan koronavirus ta’siriga bardoshliroq ekanligini ma’lum qildi

Moody’s O‘zbekiston bank tizimi MDH mamlakatlariga nisbatan koronavirus ta’siriga bardoshliroq ekanligini ma’lum qildi


Moody’s xalqaro reyting agentligining 2020-yil 8-aprelda e’lon qilingan hisobotida O‘zbekiston bank tizimi prognozi “barqaror” darajada saqlab qolingan.

O‘zbekiston Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, prognozning “barqaror” darajada saqlab qolinishida respublika bank tizimining MDH mamlakatlariga nisbatan koronavirus pandemiyasi ta’siriga bardoshliroq ekanligi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda davlat sektorining mamlakat iqtisodiyoti va bank tizimida salmoqli ulushga ega ekanligi va moddiy zaxiralar yaratganligi koronavirus tarqalishi sababli iqtisodiy faoliyat buzilishining banklar aktivlari sifatiga bo‘lgan ta’sirini cheklaydi. Mustahkam moddiy zaxiralar va oldingi katta daromadlar iqtisodiy sharoitning yomonlashuvi natijasida ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun yetarli hisoblanadi. Biroq davlat banklaridagi kreditlarning o‘sishi ularning likvidlik zaxiralariga nisbatan bosimni kuchaytiradi.

Moody’s agentligining ma’lum qilishicha, quyidagi omillarning O‘zbekiston bank tizimi barqarorligiga ijobiy ta’sir qilishi kutilmoqda:

Mavzuga doir: O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursining keskin o‘sgani sababini ma’lum qildi

Shu bilan birga, agentlik tomonidan quyidagi salbiy omillar sanab o‘tilgan:

Avvalroq Fitch agentligi O‘zbekistonning bank sektori prognozlarini barqaror deb baholagan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Fitch Ratings agentligi reytingida o‘zining suveren kredit darajasini saqlab qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют