» » Namanganda koronavirusga chalingan 11 nafar bemor butunlay sog‘ayib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan chiqarildi

Namanganda koronavirusga chalingan 11 nafar bemor butunlay sog‘ayib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan chiqarildi


Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 11 nafari Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini tark etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollar.

Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyingi tekshiruvlar ular xastalikni to‘liq yengganini ko‘rsatdi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, ular Namangandagi reabilitatsiya markaziga yuborilib, karantin kuzatuviga olindi.

Shu tariqa, Namanganda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 15 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Namanganda koronavirusga chalingan 4 nafar bemor tuzaldi

Avvalroq O‘zbekistonda 13-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 934 kishiga yetgani xabar berilgandi. Koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-mart) 85 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют