» » Ispaniya va Italiyada bir qator kompaniyalar uchun karantin choralari yengillashtirildi

Ispaniya va Italiyada bir qator kompaniyalar uchun karantin choralari yengillashtirildi


Ispaniya hukumati koronavirus sababli mamlakatda joriy qilingan cheklovlarni yengillashtirdi. Xodimlari masofadan ishlay olmaydigan kompaniyalar 13-apreldan o‘z faoliyatini qayta boshlashi mumkin. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Ikki haftalik to‘xtashdan keyin Ispaniyada qurilish kompaniyalari, zavodlar va ba’zi xizmatlarning xodimlari ishga qaytdi. Bunda ular qat’iy xavfsizlik choralariga amal qilishi kerak. Quruvchilar aholidan uzoq bo‘lgan hududlarda ishlay oladi.

Ispaniyada cheklov choralarini yengillashtirish haqidagi qaror kasaba uyushmalari va bir qator mansabdorlar tomonidan, xususan, Kataloniyada ham tanqid ostiga olindi. Aholining katta qismi o‘z uyida karantinda qoladi, jamoat joylari, barlar va ko‘plab do‘konlar kamida 26-aprelgacha yopiq bo‘ladi.

Italiyada ko‘plab cheklov choralari 3-maygacha amalda bo‘ladi, biroq 14-apreldan boshlab kompaniyalarning bir qismi o‘z ishini qayta tiklashi mumkin. Shu kundan boshlab ba’zi kompaniyalar, shuningdek, kitoblar, kanselyariya mahsulotlari va bolalar kiyimlarini sotadigan do‘konlar ochiladi.

Mavzuga doir: JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 169 ming kishi infeksiyani yuqtirib olgan, ularning 17 mingdan ortig‘i vafot etgan. So‘nggi kunlarda Ispaniyada sutkalik o‘limlar soni kamaydi. Kasallik yuqtirib olganlarning 64 mingdan ortig‘i tuzalgan.

Italiyada 156 mingdan ortiq kishida kasallik qayd etilgan. Mamlakatda 19,8 ming kishi kasallikdan vafot etgan, Italiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi, 34 ming kishi kasallikdan sog‘aygan.

Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1,8 million kishidan oshdi. Kasallikdan 115 ming kishi vafot etgan bo‘lsa, 438 mingdan ortiq bemor tuzalgan.

Mavzuga doir: Yaponiyalik olimlar koronavirus ko‘payishini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan preparat nomini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют