» » Video: Lionel Messining Chempionlar Ligasida urgan eng chiroyli 10 ta goli bitta sahifada

Video: Lionel Messining Chempionlar Ligasida urgan eng chiroyli 10 ta goli bitta sahifada


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda dunyoning eng kuchli futbolchilari tomonidan urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning ilk sonida Argentina terma jamoasi hamda “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida urgan eng sara gollari taqdim etiladi. Gollar reytingi UEFA talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

Ronaldinyo va Eto’O kabi maestrolar to‘p tepayotgan “Barselona”ning hujum chizig‘idan 18 yoshdayoq o‘rin olish va o‘rin olganda ham buni shedevr gol bilan amalga oshirish uncha-muncha futbolchilarning qo‘lidan (oyog‘idan, boshidan) kelmasligi mumkin. Ammo Leo “Panataniaikos”ga qarshi bahsda bir nechta raqibni ko‘rdim demay ajoyib gol urgandi.

Ronaldinyo ketib, jamoaning asosiy yetakchisiga aylanib ulgurgan Leo 2009-yil Kataloniya klubining Chempionlar Ligasi finaliga chiqishida asosiy rolni o‘ynadi. Shu bilan birga bo‘yi uncha ham baland (1,70 metr) futbolchi kimsan Edvin van der Sar darvozasiga boshi bilan qoyilmaqom gol kiritib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shgandi.

To‘xtatib bo‘lmas futbolchiga aylanib ulgurgan Leo Chempionlar Ligasining 2010/11-yilgi mavsumi avvalida tajribali posbon Yens Lemanni ham o‘ziga xos ravishda ranjitgandi.

Leo Arsen Venger jamoasini shunchaki yanchib tashlashda asosiy vazifani bajarib bergandi. Uning ikkita goli esa shunchaki ajoyib chiqqan, “to‘pchilar” posboni Manuel Almuniya esa shunchaki tomoshabin vazifasini bajarib bergandi.

Oradan bir yil o‘tib, Kataloniya jamoasi yana londonliklarga qarshi duch keldi. O‘yinning 19-daqiqasida Voytsex Shensni jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rniga esa Manuel Almuniya maydonga tushdi. Buni kutib turgandek, Leo o‘yinning 45-daqiqasida Andres Inyestaning qoyilmaqom uzatmasini juda chiroyli tarzda yakunladi.

Muxlislar “Arsenal”ga qarshi bahsdan so‘ng Chempionlar Ligasida “El-Klasiko” guvohiga aylandi. Leo esa Madriddagi bahsda “Real” himoyasini chilparchin qilib, kimsan Iker Kasilyasni shunchaki tomoshabinga aylantirdi.

“Barselona” mavsum finalida yana “Yunayted”ga qarshi maydonga tushdi. Messi esa yana o‘z ishini qildi. Bu safar Leo Edin van der Sar darvozasini jarima maydonchasi tashqarisidan o‘qqa tutdi.

Nemis klublari bilan ham “yaxshigina chiqishib qolgan” Leo 2012-yilgi mavsumda “Bayer” darvozasiga yana o‘z uslubida gol urdi. Leo asosiy gollarini chap oyoqda uradi, ammo o‘ng oyoqda ham shedevrlarni amalga oshira oladi. Ayniqsa “parashyut” uslubidagilarini.

Yildan yilga Leoning tajribasi oshib borganiga shubha yo‘q. Buni hatto jarima zarbalarida ham ko‘rish mumkin. Messi 2013-yil “Ayaks” darvozasini qoyilmaqom tarzda zabt etgani esa yuqoridagi fikrimizga yaqqol isbot.

Yana kimlarning gollarini ko‘rishni xohlar edingiz, aziz muxlis? Fikr-mulohazalaringizni “Daryo”ning Telegram’dagi @Daryo_Sport kanali orqali yuborishingiz mumkin. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют