» » Rashidov Xavi jamoasiga Van Basten uslubida gol urdi, Tursunov qatordan kam bo‘lmadi

Rashidov Xavi jamoasiga Van Basten uslubida gol urdi, Tursunov qatordan kam bo‘lmadi


Qatar Yulduzlar ligasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar uchun chempionatning so‘nggi turi omadli keldi. Avvaliga Temurxo‘ja Abduxoliqov dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, ertasi kuni Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tursunov harakat qilayotgan “Al-Haraytiyat” klubi so‘nggi turda 2:0 hisobida zafar quchdi va mavsumni 7-o‘rinda yakunlashga erishdi. Sanjar Tursunov o‘tgan turda bo‘lgani kabi, bu safar ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

????? : ??? ????????? ????? ??? ??????? ??? ???????? ?9 #????_????_??? #???????_????????? pic.twitter.com/wRhZMfUIXp

— ???? ????? (@alkasschannel) April 15, 2017

Ma’lumot uchun, Sanjar Tursunov Qatar chempionatining ikkinchi davrasi arafasida jamoa safiga qo‘shilgandi. U “Al-Haraytiyat” safida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va barcha o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Sanjar Tursunov mana shu vaqt davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv qog‘ozi olgani yo‘q.

Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jaish” mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi. Ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi to‘p suradigan “As-Sadd”ga qarshi o‘yinda Rashidov Van Basten uslubida gol urdi. Bir tur avval Sanjar Shoahmedov ham Xavi to‘p suradigan klub postiga gol urishga erishgandi.

?????? : ??? ????? ?????? ????? 1 – 2 ???? ??? ??????? ?67 #????_????? #????_????_???

A post shared by AlKass Sports Channels (@alkasssports) on

Ma’lumot uchun, Rashidov chempionat davomida 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa futbolchi Yulduzlar ligasi to‘purarlari orasida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Temurxo‘ja Abduxoliqov esa 10 ta o‘yinda 7 gol urdi.

Qatarda chempionat o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradigan klublar katta muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa-da, ligada jon saqlab qola bildi. Futbolchilarning o‘zi esa jamoasining asosiy futbolchisi bo‘la oldi.

Qatar Yulduzlar ligasi
26-tur o‘yinlari
15-aprel, shanba

Gollar: Sanjar Tursunov, 9 (1:0). Tiberkanine, 40-pen (1:1).

Gollar: Hamza Sanhaji, 10 (1:0). Hassan Xolid, 24-pen (2:0). Sardor Rashidov, 67 (2:1).

Опубликовано: admin (15-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют