» » O‘zbekistonda shu kungacha koronavirusni aniqlash uchun 102 mingga yaqin test sinovlari o‘tkazilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda shu kungacha koronavirusni aniqlash uchun 102 mingga yaqin test sinovlari o‘tkazilgani ma’lum qilindi


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov AOKA huzuridagi brifingda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

“Kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlarga Sanitariya-epidemiologiya xizmatining 20 mingga yaqin xodimlari jalb qilingan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning joylardagi markazlari tun-u kun faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning faoliyati agentlikning markaziy shtabi orqali muvofiqlashtirib borilmoqda.

Shuningdek, kasallik keng tarqalishining oldini olish va bemorlarni samarali davolash maqsadida xorijiy ekspertlar bilan muntazam ma’lumot almashinish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tajribasi o‘rganilib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Yana bir muhim masala — epidemiologiyaning qonuniyatiga ko‘ra, boshqa davlatlardagi kasallanish dinamikasini kuzatadigan bo‘lsak, virus yuqib, tarqalib, o‘sishi davom etadi. Har bir davlat tibbiyotining oldida turgan masala — kasallanishning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik. Qaysi mamlakatda kasallikni aniqlash jarayonlari tez amalga oshsa, izolyatsiya qilinsa, shifoxonaga joylansa va davolansa, bu yerda yaxshi natijalarga erishiladi, keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda barcha karantin zonalarimizda, aholimizning xavf guruhlari ichida laboratoriya tekshiruvlarini kuchaytirganmiz. Virusologik laboratoriyalarda test sistemalar zaxirasi yaratilgan, 24 soatlik ish rejimi asosida PsR tahlillari olib borilmoqda. Respublikamizdagi mavjud virusologik laboratoriyalarda kechaning o‘zida biz 8 mingdan ortiq, shu vaqtgacha 102 mingga yaqin test sinovlarini o‘tkazdik. Oxirgi sutkada 98 ta holatda kasallikni aniqladik.

Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 80 324 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ulardan 57 621 nafar fuqaro uy sharoitida, 22 703 nafar fuqaro esa statsionar sharoitda karantinga olingan. Karantin muassasalariga malakali epidemiologlar va boshqa tor soha mutaxassislari jalb qilingan”, — dedi Bahrom Almatov.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 12 nafari og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilindi

13-aprel 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 934 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Tuzalgan bemorlar soni 85 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 4 nafar bemor ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют