» » Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Samarqandda karantindan qochishga uringan fuqaroni qo‘lga oldi (foto)

Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Samarqandda karantindan qochishga uringan fuqaroni qo‘lga oldi (foto)


Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni buyrug‘iga asosan, 12-aprel, yakshanba kuni, karantindan qochishga urungan fuqaroni ushlab qolgan harbiy xizmatchiga III darajadagi serjant unvoni hamda qimmatbaho sovg‘a topshirildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Samarqand viloyati Salomatlikni tiklash shifoxonasida 7-aprel kuni 129 nafar fuqaro karantinga olinib, patrullik qo‘riqloviga okrug bo‘linmasi jalb qilingan edi. 11-aprel kuni soat 20:30 da Samarqand shahri “Cho‘ponota” mahallasida yashovchi, xorijdan kelgan va karantinga olingan 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro J.K. shifoxonaning orqa tomonidan qochishga uringan. Taqiqlangan hududni kesib o‘tgan tartibbuzar belgilangan yo‘nalishda xizmat olib borayotgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi Shamsiddin Jo‘rayev tomonidan to‘xtatilgan.

Fuqaro uyiga borib kelishi, qaytib kelganidan keyin harbiy xizmatchini rozi qilishini aytib, unga pora taklif qilgan. Natija bo‘lmagach, harakatni davom ettirib, devordan oshmoqchi bo‘lgan. Soqchi tartibbuzarni yana bir qat’iy ogohlantirib, qo‘lga olish chorasini qo‘llagan. Aloqa vositasi orqali berilgan xabarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida tezkor bo‘linma yetib kelgan.

Bundan tashqari, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi karantinga olingan Keksalar va nogironligi bo‘lgan mehnat va urush faxriylari uchun “Marjonsuv” Respublika sanatoriysiga 12-aprel kuni soat 12:00da 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro M.N. kirishga uringan.

Ushbu fuqarolarga yana bir bor karantin qoidalari tushuntirilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Karantindagi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashda yuksak mas’uliyatni to‘la his qilgan harbiylar xizmat joyining o‘zida taqdirlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют