» » Tojikistondagi O‘zbekiston fuqarolariga koronavirus sababli viza muddatini uzaytirish imkoniyati yaratildi

Tojikistondagi O‘zbekiston fuqarolariga koronavirus sababli viza muddatini uzaytirish imkoniyati yaratildi


Ayni paytda Tojikiston hududida bo‘lib turgan xorijiy davlatlar fuqarolari, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga koronavirus sababli viza muddatini uzaytirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza va ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunigacha uzaytirilishini ma’lum qildi.

Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari viza muddatini uzaytirish uchun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining bosh konsullik boshqarmasi va So‘g‘d viloyatidagi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin. Ro‘yxatda turish muddatini uzaytirish uchun esa Tojikiston Ichki ishlar vazirligining pasport-ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Avvalroq Tojikiston koronavirus xavfi sababli xorijliklarning mamlakatga kirish-chiqishini vaqtinchalik taqiqlagani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat sababli O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarning viza muddati 5-maygacha avtomatik tarzda uzaytirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют