» » Foto: Xiaomi zavodlari qanday ko‘rinishga ega?

Foto: Xiaomi zavodlari qanday ko‘rinishga ega?


Xiaomi kompaniyasi 9-aprel kuni 98 dyuymli Redmi Smart TV Max 98 inch televizorlari savdosini boshladi. Kompaniya bu kabi ulkan o‘lchamga ega zamonaviy qurilmalar qay yo‘sinda yig‘ilayotgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

Max TV — ulkan televizor bo‘lib, uning ekrani avtomatlashtirilgan zavodda yaxlit holda ishlab chiqariladi. 98 dyuymli displeyni yaratish uchun oddiy televizorlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sexdan 10 barobar kattaroq maydon kerak bo‘ladi va u ancha murakkab tuzilishga ega. Turli zonalar orasiga robotlashtirilgan ulkan “qo‘llar”dan foydalaniladi.

Redmi Smart TV Max 98 inch’ning uzunligi 1,2 metrga teng — televizor stol tennisi kabi o‘lchamga ega. O‘lchamlar LCD displeylarning tabiiy muammolarini ko‘paytirishi mumkin edi, ammo ishlab chiqaruvchi bir vaqtning o‘zida 192 ta dinamik yoritishni va tasvir sifatini yaxshilovchi bir qator texnologiyalarni o‘zida jamlagan maxsus protsessorni yaratishga alohida e’tibor qaratdi.

Redmi Smart TV Max hozircha faqat Xitoyda sotilmoqda, narxi — 2800 dollar.

Xiaomi kompaniyasi birinchi navbatda o‘z smartfonlari bilan tanilgan. Hi-Tech.Mail.ru zavoddagi ko‘plab insonlar qurilmalarni qanday yig‘ishi va gadjetlar sifatini nazorat qilishi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют