» » Xitoy COVID-19 ning kelib chiqishi bo‘yicha ma’lumotlarni nashr qilishni taqiqladi. Endi bu borada hukumat bilan kelishish talab qilinadi

Xitoy COVID-19 ning kelib chiqishi bo‘yicha ma’lumotlarni nashr qilishni taqiqladi. Endi bu borada hukumat bilan kelishish talab qilinadi


Xitoy hukumati koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha tadqiqotlar haqidagi ma’lumotlarning chop etilishiga cheklovlar joriy qildi. CNN’ning xabar berishicha, tegishli ko‘rsatma Xitoydagi eng katta ikkita tadqiqot universitetining saytlarida e’lon qilingan. Keyinchalik ushbu sahifalar o‘chirib tashlangan, biroq ularning nusxalari saqlab qolingan.

Ko‘rsatmaga muvofiq, tadqiqotlarning natijalari maorif vazirligining ilmiy-texnik bo‘limi yoki Xitoy davlat kengashi ishchi guruhi tomonidan xulosa olinganidan keyingina e’lon qilinishi mumkin. Ushbu xulosa olinganidan so‘ng maqolalar ilmiy jurnallarga yuboriladi.

Uxanda yangi turdagi virusning tarqalgani haqida 2019-yilning 31-dekabrida rasman e’lon qilingan. Yanvarda Xitoyda koronavirusning tarqalishi oqibatida shifokorlar keskin tanqid qilingan — ular kasallikka tezkor reaksiya qilmaganlikda va epidemiyaning dastlabki kunlarida uning tarqalishi bo‘yicha ma’lumotlarni yashirganlikda ayblangan.

Mavzuga doir: 

Xitoyda COVID-19 tarqalishining yuqori bosqichi fevral oyida kuzatildi, mart oyiga kelib kasallangalar soni keskin qisqardi — kuniga bir necha o‘n kishining koronavirus yuqtirib olishi kuzatila boshladi. Aprel o‘rtalariga borib xorijdan qaytayotgan fuqarolar hisobiga koronavirusni yuqtirib olish holatlari yana ko‘paya boshladi. Buning oqibatida Xitoy Rossiya bilan quruqlikdagi chegarada cheklov choralarini ko‘rdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют