» » O‘zbekistonda karantin davrida zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqqan kishining yonida fuqarolik pasporti bo‘lishi shartligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda karantin davrida zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqqan kishining yonida fuqarolik pasporti bo‘lishi shartligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda koronavirus sababli joriy qilingan karantin davrida zarurat yuzasidan ham ko‘chaga chiqqan kishi yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni olib yurishi shart. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlariga boshqa idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etishini nazorat qilish, tartib buzganlarga nisbatan keskin chora ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Ma’lum qilinishicha, ko‘chada fuqaroni ko‘rganda har bir ichki ishlar organi vakili yoki Milliy gvardiya xodimi uni to‘xtatib, ko‘chaga chiqish maqsadini so‘rashga haqli. Bunda fuqaro o‘zining shaxsiga aniqlik kiritishi kerak.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, agar fuqaroning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, uni ichki ishlar organiga olib borib, shaxsini aniqlashtirish zarurati paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun hayotiy zarurat bilan ko‘chaga chiqilganda fuqarolar o‘zi bilan fuqarolik pasportini olib yurishi kerak.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 55 mingdan oshgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 6-apreldan boshlab Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etildi. Shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istisno holatlardan tashqari mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют