» » DSQ kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish tizimi bo‘yicha qaror loyihasini qayta ko‘rib chiqadi

DSQ kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish tizimi bo‘yicha qaror loyihasini qayta ko‘rib chiqadi


Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori loyihasi turli mulohazalarga sabab bo‘lgandi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasining so‘roviga binoan, bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 million so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvivalentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P operatsiyalari (jismoniy shaxslarning kartasidan kartasiga) to‘g‘risidagi axborotlar 3 ish kunida milliy hamda chet el valyutasida taqdim etilishi talab qilinayotgandi.

Qaror loyihasi keskin tanqidlarga uchraganidan keyin qo‘mita aksariyat xorijiy mamlakatlar tijorat banklarida AML (Anti-Money Laundering — Pul yuvishga qarshi kurash) va KYC (Know Your Customer — O‘z mijozingizni biling) tizimlari ishlashi, tijorat banklari ulardan foydalanish jarayonida shubhali operatsiyalarni tahlil qiladi va noqonuniy pul oqimlari belgilari aniqlansa, bu haqda soliq idoralariga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish organlariga xabar berishini ta’kidladi. O‘zbekistonda soliq organlari tijorat banklaridan bunday ma’lumotlarni olmasligi, bu borada nazorat yo‘qligi ‘yashirin iqtisodiyot’ning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy omillaridan biri ekanini bildirdi.

Qo‘mita ushbu choralar internet orqali amalga oshirilayotgan noqonuniy savdo-sotiq, Telegram-kanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi nolegal internet-do‘konlarga qaratilganini ma’lum qilgan.

“P2P-tranzaksiyalar noqonuniy savdoga aloqador bo‘lmasa, bu borada chora ko‘rilmaydi. Xususan, endi oyoqqa turayotgan blogerlarga nisbatan chora ko‘rilmaydi, ularning o‘tkazmalarini kuzatib, qancha mablag‘ kelib tushayotgani hisob-kitob qilinmaydi”, — deya ta’kidlagan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov.

Shuningdek, u qoidabuzarlik qayd etildi deb hisoblanishi uchun ikkita sabab bo‘lishi lozim, ya’ni P2P-tranzaksiyalar soni 10 tadan oshishi, ularning umumiy miqdori 30 million so‘mdan ko‘p bo‘lishi kerak.

“Masalan, jismoniy shaxsning plastik kartasiga bir urinishda 50 million so‘m mablag‘ tushgan bo‘lsa, bu kabi holat tekshirilmaydi”, — degan DSQ vakili.

Savdo-sanoat palatasi Soliq qo‘mitasining qarori loyihasida tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlab, bu boradagi mulohazalarini e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют