» » Ozbekistonda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi boyicha hujjat qabul qilindi

Ozbekistonda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi boyicha hujjat qabul qilindi


13-aprel kuni Oliy Majlis palatalari kengashlarining Dehqon xojaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar togrisidagi qoshma qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar bergan.

Oliy Majlis palatalarining qoshma qarori 2020-yil 8-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbayi bolgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagishlangan videoselektor yigilishida belgilangan vazifalar asosida qabul qilinib, mazkur hujjat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining dehqon xojaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Jumladan, unda aholiga oz tomorqasidan samarali foydalanishda har tomonlama yordam berilishiga komaklashish maqsadida parlament azolaridan iborat ishchi guruh tarkibi hamda uning asosiy vazifalari belgilab olingan. Hududlar, ayniqsa, qishloq xojaligi sharoiti ogir bolgan tumanlarda ekin ekilishi ahvoli har oyda deputat va senatorlar tomonidan organiladi, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koriladi.

Ozbekiston Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi mablagidan maqsadli foydalanishni tashkil etishga komaklashiladi. Shu maqsadda ishchi guruh tomonidan jamgarma mablaglaridan joylarda qanday foydalanilayotgani doimiy organib boriladi va shu yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, dehqon xojaliklari, tomorqa yer egalari shaxsiy manfaatdorligi va masuliyatini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan tegishli vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimliklar rahbarlarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida hisobotini eshitish amaliyoti yolga qoyiladi.

Qolaversa, kam taminlangan va qarovchisi yoq oilalarga ilgor fermerlar biriktirilib, ularga tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va parvarishlash boyicha yordam beriladi. Bu jarayonlarning barchasi deputatlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Yerdan samarali foydalanayotgan tomorqa yer egalarini ragbatlantirish ham kozda tutilgan.

Shuningdek, dehqon xojaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Shu maqsadda bir oy muddatda dehqon xojaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanishni tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlari inventarizatsiyadan otkazilib, takliflar tayyorlanadi. Ushbu sohaga doir qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Masalaning dolzarbligidan kelib chiqib, har chorakda mutasaddi vazirlik va idoralarning dehqon xojaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish boyicha olib borayotgan ishlari yuzasidan axborotlari eshitib borilib, hududlarda muntazam muhokamalar otkaziladi. Parlament palatalari kengashlarining ushbu qoshma qarori aholining turmush tarzini yanada yaxshilash, ularning bandligini taminlash, tomorqalarda yetishtirilgan arzon, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (14-04-2020, 06:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -