» » Putin Rossiyada koronavirus hali o‘z cho‘qqisiga yetmaganini ma’lum qildi

Putin Rossiyada koronavirus hali o‘z cho‘qqisiga yetmaganini ma’lum qildi


Rossiyada, jumladan, Moskvada koronavirus epidemiyasi hali o‘z cho‘qqisiga chiqqani yo‘q. Bu haqda mamlakatdagi sanitar-epidemiologik vaziyat haqida majlis o‘tkazgan mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

Putinning so‘zlariga ko‘ra boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda Rossiyada infeksiya borasidagi vaziyat nisbatan qoniqarli holatda. U ushbu natijaga Rossiya sog‘liqni saqlash tizimining to‘g‘ri tashkil qilingani, tibbiyot xodimlarining yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sabab erishilganini qayd etdi.

Rossiya davlat rahbari mamlakatda muammolar yetarli ekani bu maqtanadigan jihat emasligi, xotirjamlikka berilmaslik kerakligini ta’kidladi.

“Mutaxassislarimizning aytishicha epidemiya hali Rossiyada, jumladan, Moskvada ham hali o‘z cho‘qqisiga chiqqani yo‘q”, — dedi u.

Mavzuga doir: “Hech qanday eng yuqori cho‘qqi boshlanmadi, biz hali uning etagidamiz”. Moskva meri shahardagi koronavirus holati haqida

Vladimir Putin poytaxt ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘zini oqlaganini aytdi. Eng muhimi, texnik va ma’muriy masalalar oxirigacha hal etilishi lozimligi, fuqarolarda muammolar bo‘lmasligi zarurligini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga doir: “Foydasi bor-yo‘qligini bilmayman”. Putinning matbuot kotibi — o‘zi taqib yurgan virus blokatori haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova Rossiyada kasallanishning o‘rtacha ko‘rsatkichi 100 ming nafar aholiga 12,5 kishini tashkil etayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Moskva shahri, Podmoskovye, Komi, Murmansk viloyatlari hamda Sankt-Peterburg bu borada yetakchi ekanini bildirdi. Golikova bergan ma’lumotlarga asosan Rossiyada kasallanganlar soni 18 ming nafardan oshgan, 148 nafar kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etgan.

Moskva ma’muriyati tomonidan aholining shahar bo‘ylab shaxsiy va jamoat transportida harakatlanishi uchun raqamli ruxsatnomalar tizimi joriy qilingan. Hujjatlar 13-apreldan rasmiylashtirila boshlangan, ruxsatnoma olish 15-apreldan majburiy deb e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют