» » O‘zbekistonda tumanlarga o‘rnatilgan postlar tez yordam mashinalarining harakatini cheklamasligi aytildi

O‘zbekistonda tumanlarga o‘rnatilgan postlar tez yordam mashinalarining harakatini cheklamasligi aytildi


O‘zbekiston hududidagi tumanlarda karantin davrida avtotransport vositalari harakatiga cheklov o‘rnatilmagan, biroq tuman rahbarlari tomonidan karantin tufayli asosiy yo‘llarda postlar tashkil etilgan. Mazkur postlar tez tibbiy yordam mashinalari harakatini cheklamaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, mazkur postlarda tuman hududiga kirayotgan hamda tuman hududidan chiqayotgan avtotransport vositalari haydovchilaridan qayerdan kelayotgani va qayerga borayotgani so‘ralmoqda. Bu aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shohrux G‘iyosov karantin davrida fuqarolarning transportda maqsadsiz harakatlanishini cheklash maqsadida viloyatlarning alohida hududlarida transport yo‘llariga to‘siqlar ham qo‘yilayotganini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, to‘siqlar o‘rnatilishida biror mahallaga transportda kirish-chiqish yo‘llari 6 yoki 7 ta bo‘lsa, ular to‘siladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda 2 ta yo‘nalish qoldiriladi va ular nazoratga olinadi.

O‘rnatilgan to‘siqlarning barchasi yong‘in xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam xizmati xaritalarida aniq belgilab beriladi. Shu sababli tez tibbiy yordam mashinalarining to‘siqlarga uchrash ehtimoli kamayadi. Qayd etilishicha, tez tibbiy yordam mashinalarining manzilga yetib borish tezligi oldingiga qaraganda oshgan.

Ta’kidlanishicha, hozirgacha ayrim viloyatlarda fuqarolar tomonidan yo‘llarga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan 46 to‘siq aniqlangan va ularning barchasi olib tashlangan. Ayni paytda profilaktika inspektorlari, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari aholi o‘rtasida tegishli tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi xabar qilindi. Shuningdek, 6-apreldan boshlab Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi 514 ta mahalla qoshida karantin tartibini nazorat qiluvchi “Jamoatchilik nazorati maskani” tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют