» » JSST COVID-19 yuqtirib olganlarning qayta kasallanish ehtimoliga baho berdi

JSST COVID-19 yuqtirib olganlarning qayta kasallanish ehtimoliga baho berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayanning so‘zlariga ko‘ra olimlar hali ushbu savolga, ya’ni COVID-19 yuqtirgan odamda keyinchalik ushbu kasallikning qaytalanishi ehtimoli qanchalik ekaniga javob qaytarish uchun yetarli darajada ma’lumotga ega emas. Bu haqda Jenevada o‘tgan anjumanda aytib o‘tilgan, deb xabar bermoqda CNBC.

“To‘liq tuzalish va kasallikning qaytalanishi borasidagi savollarga hozir aniq javobimiz yo‘q. Bu noma’lum”, — degan Rayan.

JSSTning COVID-19 bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Mariya van Kerkxove Shanxayda o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Uning aytishicha kasallikdan tuzalganlarning ma’lum qismida antitela yo‘q bo‘lgan, ayrimlarda esa bu boradagi javob aniq namoyon bo‘lgan. Biroq bu ikkinchi qismga kiruvchilarning COVID-19 bilan qayta kasallanmaslik uchun immunitet shakllanganini anglatmaydi, deya qayd etdi van Kerkxove. Uning so‘zlariga ko‘ra COVID-19’dan tuzalganlarni ko‘proq o‘rganish zarur (13-aprel holatiga ko‘ra 300 ming nafardan ko‘proq odam koronavirusdan tuzalgan), sababi bu orqali odamlarda immunitet paydo bo‘lganmi yoki yo‘qmi, ushbu jarayon ularni qancha vaqt davomida himoya qilishi borasida tushunchalarga ega bo‘lish mumkin.

Rayanning aytishicha, virusli infeksiyani u bilan avval kasallangan odamning qayta yuqtirib olishi kamyob hodisa emas. Odatda bu kabi holatlar virus organizmdan to‘liq yo‘q qilinmaganida kuzatiladi.

Aprelda Janubiy Koreya yuqumli kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi 50 nafardan ko‘proq bemorlarda ular COVID-19’dan tuzalgan deb topilganidan keyin yana koronavirus aniqlagan. Tailandlik tibbiyot xodimlari ham virusga qayta chalinish holatlari kuzatilganini ma’lum qilgan.

Mart oyida Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler COVID-19 pandemiyasi yana ikki yilga cho‘zilishi mumkinligi haqida gapirgan va odamlarda virusga qarshi immunitet paydo bo‘lishiga ko‘p narsa bog‘liqligini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi

10-aprelda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova antitela testi xulosalariga asoslanib, Rossiyaning 3 foiz aholisida COVID-19’ga qarshi immunitet borligini bildirgan. Popovaning so‘zlariga ko‘ra kasallanganlarning 20-25 foizida infeksiya alomatlari kuzatilmagan.

“Ularda kasallik alomatlari yo‘q, sababi bu odamlarda infeksiya rivojlanayotgani yo‘q. Bunda organizmida koronavirus bor kasallik tashuvchilarda immunitet bor yoki yo‘qligi noma’lum”, — degan Popova.

JSST rahbari Tedros Adan Gebreyesus 13-aprelda bo‘lib o‘tgan brifingda COVID-19 ustidan uzil-kesil g‘alabaga xavfsiz va samarali vaksina vositasida erishi mumkinligini ta’kidlagan. “COVID-19 juda tezkor sur’atlarda hujum qilmoqda, chekinishi esa nisbatan sekin kechmoqda”, — degan JSST rahbari.

Mavzuga doir: JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi

JSSTning rasmiy ma’lumotida aytilishicha, 13-aprel holatiga ko‘ra butun dunyoda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 1 million 773 mingta holat qayd etilgan, 111 ming nafardan ko‘proq odam COVID-19 oqibatida vafot etgan. Jons Hopkins universiteti hisob-kitoblari bo‘yicha 13-aprel holati bo‘yicha jahonda virus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 million 872 nafarga, undan vafot etganlar esa 116 ming nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют