» » Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga qarshi preparat ishlab chiqilganini e’lon qildi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga qarshi preparat ishlab chiqilganini e’lon qildi


Rossiyadagi kompaniyalarning biri tomonidan koronavirusni davolashda ishlatiladigan preparat ishlab chiqildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning bayonotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Mahalliy kompaniyalardan biri xorijlik hamkasblarimiz tomonidan bir nechta davlatda test qilingan preparatni ishlab chiqdi. Bu to‘liq Rossiya analogi”, — degan Murashko. Sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, klinik sinovlar uchun alohida partiya tayyor qilingan. Hukumat vakili yaqin 10-12 sutka ichida mutaxassislar klinik sinovlargacha bo‘lgan tadqiqotlar xulosasini berishini aytdi.

Vazir o‘zi rahbarlik qilayotgan idoraning mamlakatda ayrim dorilar tanqisligi kuzatilishi mumkinligini taxmin qilgani, shu sababli Rossiyada 17 turdagi preparatlarga cheklovlar qo‘yilganini bildirdi. Murashko ushbu dori vositalarini nazoratga olish lozimligini ta’kidlagan.

“Rossiya hududida qo‘shimcha tarzda ro‘yxatga olinmagan preparatlarni xorij mamlakatlaridan keltirish bo‘yicha Hindiston bilan muzokaralar olib borildi”, — degan sog‘liqni saqlash vaziri. Murashko garchi RF dorilar kelishini taqiqlagan bo‘lsa ham Hindistondagi kompaniyalardan biri Rossiyaga yuk yetkazib berishga tayyorligini bildirganini qayd etdi.

Avval “Rospotrebnadzor”ning markaziy ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining maslahatchisi Viktor Maleyev dunyoda koronavirusga qarshi birdek samarali ta’sir qiladigan preparat mavjud emasligini bildirgandi. U hozirda infeksiyani davolashda bir nechta preparatlardan iborat aralash uslublardan foydalanilayotganini aytib o‘tgan.

Mavzuga doir: 

Yaponiyalik olimlarning fikricha koronavirusning tarqalishini “Nelfinavir” antiretrovirus preparati bilan to‘xtatish mumkin. Ushbu dori boshqa vositalar bilan birga OIVni davolashda foydalaniladi.

Rossiyada 13-aprel holatiga ko‘ra koronavirus yuqtirib olganlar soni 18 ming nafardan oshgan, 148 nafar odam infeksiya oqibatida vafot etgan. Moskvaning o‘zida kasallanganlar soni 11,5 ming nafardan oshgan, 82 nafar kishi COVID-19 yuqtirish oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Rossiyada Ingushetiya Respublikasi muftiysi koronavirusdan vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют