» » Porsche firmasi o‘z xodimlariga qariyb 10 ming yevrolik mukofot pulidan bosh tortishni maslahat berdi

Porsche firmasi o‘z xodimlariga qariyb 10 ming yevrolik mukofot pulidan bosh tortishni maslahat berdi


Porsche kompaniyasi 2019-yilda erishilgan natijalarga ko‘ra, o‘zining 25 ming xodimiga 9700 yevrodan mukofot puli to‘lanishini ma’lum qildi. Biroq avtomobil ishlab chiqaruvchi o‘z xodimlaridan ushbu mablag‘larni koronavirus infeksiyasi va pandemiya oqibatlariga qarshi kurashuvchi Porsche fondiga o‘z xohishlari bilan o‘tkazib berishlarini so‘ramoqda, deb xabar beradi Motor.

Porsche’ning noodatiy chaqiruvi iqtisodiy inqiroz kuchayib borayotgan bir sharoitda yangradi: Germaniyadagi zavod markasi koronavirus sabab avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi, kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan talab kamayib bormoqda.

Shunga qaramay, Porsche kompaniyaning muvaffaqiyati jamoaning xizmati ekanligini doim ta’kidlab keladi, shu sababli menejerlar o‘tgan yili xodimlarni mukofot pulidan mahrum qilishga jazm eta olmagan. Porsche boshqaruvi kengashi raisi Oliver Blyumning maslahatiga qancha ishchi rioya qilib, o‘z pullarini olishdan bosh tortishi noma’lum, shunga qaramay, nemis firmasining rahbarlari koronavirusga qarshi kurash fondiga 500 ming yevro xayriya qilib, yaxshi namuna ko‘rsatdi.

Ta’kidlanishicha, Germaniyada ishlanmaydigan haftalarda ish haqi og‘irligi biznesga tushmaydi: karantin tufayli korxonalar ishlamay qolsa, xodimlarga maosh budjet hisobidan to‘lanadi. Yirik firmalarning xodimlariga har oy maoshining 60 foizi o‘tkazib beriladi, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilar esa 9 ming yevrodan 15 ming yevrogacha bir martalik to‘lovlarni olish huquqiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют