» » Yuqori Chirchiqdagi karantin poligonida 18 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

Yuqori Chirchiqdagi karantin poligonida 18 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi


Yuqori Chirchiq karantin poligonida karantinda saqlangan 18 nafar fuqaroda 13-aprel kuni COVID-19 aniqlangan, shu sababli ular maxsus klinikalarga yotqizildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

13-aprel holatiga ko‘ra, sanatoriya, lager va poligonlarda jami 8344 nafar fuqaro karantinga olingan. Xususan, Yuqori Chirchiq karantin poligonida 7579 nafar, Chirchiq harbiy poligonida 565 nafar, Qibray tumanidagi “Bo‘ston” sanatoriyasida 200 nafar fuqaro izolyatsiyada saqlanmoqda.

“Yuqori Chirchiq karantin poligonidan 14 kunlik karantin muddati tugagan 384 nafar fuqaroga uylariga ruxsat berildi. 18 nafar fuqaro COVID-19 tasdiqlanganligi sababli maxsus klinikalarga yotqizildi. Quyi Chirchiq tumani tug‘ruq kompleksidan 14 kunlik karantin muddati tugagan 2 nafar fuqaroga uyiga ruxsat berildi.

13-aprel kuni G‘ishtko‘prik chegara postidan o‘tgan 151 nafar fuqaro Yuqori Chirchiq karantin poligoniga yuborilgan. U yerga qo‘shimcha ravishda 10 nafar hamshira, 10 nafar kichik tibbiyot xodimlari safarbar etildi”, — deyiladi xabarda.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filialida 269, Qibray tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 85, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi viloyat filialida 68, ushbu markazning Chirchiq shahar filialida 71, Oqqo‘rg‘on yuqumli kasalliklar shifoxonasida 40, Chirchiq shahridagi “Dilchehra” xususiy klinikasida 28, Piskent yuqumli kasalliklar shifoxonasida 17, Toshkent tumanidagi 21-qishloq oilaviy poliklinikasi filialida 11, Quyi Chirchiq tumani tug‘ruq kompleksida 8, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, jami 682 nafar fuqaro karantinga olingan.

“Viloyatda jami 9026 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinga olingan. Uy sharoitida 3358 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, bunda xonadonlar soni 704 ta, oilalar soni 743 tani tashkil etadi.

Shu paytgacha Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolarning 68 nafarida koronavirus kasalligi tasdiqlangan. Viloyatda doimiy ro‘yxatda turuvchi bemorlar soni 84 nafarni tashkil etmoqda. Ularning barchasi Toshkent shahridagi klinikalarda davolanmoqda. Viloyat bo‘yicha karantinda saqlanayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun 220 nafar terapevt, 139 nafar reanimatolog, 88 nafar infeksionist, 151 nafar epidemiolog, jami 598 nafar shifokor, 5178 nafar o‘rta va kichik tibbiy xodimi jalb etilgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda 13-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 998 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 85 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa virus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют