» » Hindistonning eng badavlat 10 aktyori

Hindistonning eng badavlat 10 aktyori


“Bollywoodtime.ru” eng badavlat hind aktyor va aktrisalari reytingini tuzdi. Quyida eng badavlat hind aktyorlari kimlar ekanligini bilib olasiz.

Ranvir Singx o‘zining ilk muvaffaqiyatini o‘n yil avval qo‘lga kiritgan. O‘shanda prodyuserlar uning anketasini ko‘rib chiqqan hamda “To‘y tantanasi” filmiga taklif qilgan edi. Shundan so‘ng unga omad kulib boqdi. Aktyor “Ram va Lila”, “Bajirao Mastani” va “Padmavati” kabi filmlardan so‘ng shuhrat qozongan. Ranvir aktrisa Dipika Padukone bilan turmush qurgan.

Uning daromadi 136 kror yoki 17 million dollarga teng.

Bollivudning eng go‘zal aktrisalaridan biri Priyanka Chopra Jonas “Don”,“Krish” va “Ganga suvlari” filmlaridagi obrazlari bilan mashhurlikka erishgan. Priyanka 2021-yilda Gollivud aktyori Kianu Rivz bilan birgalikda “Matritsa” filmida suratga tushadi.

Daromadi: 196 kror yoki 24 million dollar

Mavzuga doir: Aktrisa Priyanka Chopra yuz terisi va soch uchun uy sharoitida niqob tayyorlashni o‘rgatadi (video)

Anushka Sharma Shohruh Xon bilan “Tangri yaratgan juftlik” hamda Amir Xon bilan “Pi Key” filmlarida suratga tushganidan so‘ng mahhur bo‘lib ketgan.

Daromadi: 220 kror yoki 28 million dollar

Ayshvariya nafaqat Bollivudda, balki butun dunyoda shuhrat qozongan. “Devdas”, “Sevishganlar”, “Pushti pantera” kabi filmlardagi ishtiroki unga olamshumul mashurlik olib kelgan.

Daromadi: 245 kror yoki 38 million dollar.

Kapurlarning sulolasining munosib davomchisi. Uning “G‘aroyib oshiq” filmidagi obrazi tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Ranbir Katrina Kaif va Sonam Kapur bilan bir necha filmlarda suratga tushgan.

Daromadi: 320 kror yoki 41 million dollar

Bollivuddagi eng talab yuqori bolgan aktyorlardan biri Akshay Kumar o‘zining ilk rolini 1991-yilda “Qasam” filmida ijro etgan. Shundan so‘ng omad o‘z-o‘zidan uning ortidan quvib yurgan.

Daromadi: 1050 kror yoki 131 million dollar

Amir Xonga Juhi Chavla bilan sevishganlar rolini ijro etgan “Hukm” filmi omad keltirgan. Amir va Juhi hind kinosidagi eng chiroyli juftliklardan biri hisoblanadi. Ular birgalikda 7 ta filmda suratga tushgan. Amir Xon ishtirokidagi “Jonim fido”, “Gajini”, “Dangal” filmlari o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish.

Daromadi: 1260 kror yoki 165 million dollar.

Salmon Xon nafaqat yaxshi aktyor, balki urushqoq, intizomsiz, jahldor inson sifatida ham mashhur. U o‘z fe’l-atvori tufayli ko‘pincha ziddiyatlar markazida qoladi. Uning ishtirokidagi “Bajrangi og‘a” filmi Bollivuddagi eng yaxshi kartinalardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Daromadi: 2150 kror yoki 281 million dollar.

Hind kinosining haqiqiy ma’nodagi afsonasi Amitabh Bachchanga ortiqcha ta’rif kerak emas.  U suratga tushgan filmlarning deyarli barchasi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinadi. “Bog‘bon” hamda “Gohi shodlik, gohi g‘am” filmlari, ayniqsa, o‘zbek tomoshabinlariga manzur bo‘lgan.

Daromadi: 3360 kror yoki 439 million dollar

Mavzuga doir: Yig‘lamasdan ko‘rib bo‘lmaydigan mashhur hind filmlari

Bollivud qiroli Shohruh Xon nafaqat yaxshi aktyor, balki havas qilgulik oilaning munosib boshlig‘i, sevimli yor va sevimli ota hamdir. U turmush o‘rtog‘i Gauri Xon bilan birga uch nafar farzandni tarbiyalamoqda.

Daromadi: 5250 kror yoki 687 million dollar.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют