» » Video: Arqon tortishda kim g‘olib bo‘ladi — Toyota, Land Rover, Volkswagen yoki Audi?

Video: Arqon tortishda kim g‘olib bo‘ladi — Toyota, Land Rover, Volkswagen yoki Audi?


YouTube’dagi Carwow kanali turbodizel motorga ega yo‘ltanlamaslarning kuchini noodatiy tarzda sinab ko‘rdi. Shoumenlar Land Rover Discovery, Volkswagen Touareg, Audi Q7 va Toyota Land Cruiser Prado o‘rtasida arqon tortish musobaqasini o‘tkazdi. Barcha avtomobillarga bir xil shinalar “kiydirilgan” bo‘lib, bellashuv o‘tloqda o‘tkazildi, deb xabar beradi Motor.

Bellashuv ishtirokchilari uchun 254 ot kuchi va 600 Nm aylanuvchi momentiga ega 3,0 litrli V6 turbodizel dvigateli mezonga aylandi. Raqobatchilari orasida eng og‘iri bo‘lgan (2230 kilogramm) Britaniya yo‘ltanlamasi 3500 kilogramm yukni tortishga qodir bo‘lib, narxi 71,2 ming funt sterling turadi.

Volkswagen Touareg’ga esa 286 ot kuchiga ega 3,0 litrli V6 turbodizeli o‘rnatilgan. Nemis avtomobilining og‘irligi 2070 kilogrammga teng va u 3,5 tonna og‘irlikdagi yukni tirkama orqali torta oladi. Mashina Buyuk Britaniyada 73,4 ming funt sterling atrofida sotiladi.

Yangilangan Audi Q7’ga Touareg’niki kabi agregat baza o‘rnatilgan. Dvigatel, transmissiya va yuk tashish qobiliyati ham bir xil. Mashina og‘irligi 2165 kilogrammga teng. Modelning S-Line paketli versiyasi 84,75 ming funt sterling turadi.

Nihoyat Land Cruiser Prado — yo‘ltanlamaslar orasida hamyonbop va kam quvvatli hisoblanadi. Mashinaga 186 ot kuchiga ega to‘rt silindrli 2,8 turbodizeli o‘rnatilgan Land Cruiser Prado’ning og‘irligi 2125 kilogrammga teng, narxi esa 55,35 ming funt sterling.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют