» » BAAda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi

BAAda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi


Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan bir sutka ichida 398 kishida koronavirus aniqlandi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda kasallik aniqlangan fuqarolar soni 4,5 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda BAA Sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Koronavirus aniqlangan 398 kishi turli millat vakillari bo‘lib, ularning barchasi zarur tibbiy nazorat ostida. Yangi holatlar tahlillar o‘tkazishni kengaytirish hamda avval kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni tekshirish natijasida aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4521 kishini tashkil etmoqda. 852 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, koronavirus oqibatida yana uch kishi vafot etgan bo‘lib, BAA hududidagi jami qurbonlar soni 25 kishiga yetdi.

Avvalroq BAA hukumati mamlakat hududidagi xorij fuqarolarining vizasini yil oxirigacha uzaytirilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: JSST COVID-19 yuqtirib olganlarning qayta kasallanish ehtimoliga baho berdi

Eslatib o‘tamiz, 14-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1054 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют