» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1179 kishiga, qurbonlar esa 14 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1179 kishiga, qurbonlar esa 14 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 88 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.

14-aprel soat 10:25 holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1179 kishiga yetdi, 14 kishi vafot etgan. Shuningdek, 138 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Avvalroq Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1054 kishiga yetdi. Xususan, Yuqori Chirchiqdagi karantin poligonida 18 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 85 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют