» » Buxoroda koronavirusga chalingan to‘rt kishi sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha sog‘ayganlar soni 89 nafarga yetdi

Buxoroda koronavirusga chalingan to‘rt kishi sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha sog‘ayganlar soni 89 nafarga yetdi


Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan to‘rt nafar bemor butunlay sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ular 14-aprel kuni viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Sog‘ayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik bo‘lib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga olib kelingan edi.

Qayd etishlaricha, ularning bari karantinda bo‘lgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan. Buxoroda bundan avval ham koronavirusga chalingan to‘rt bemor sog‘aygani ma’lum bo‘lgan edi.

Shunday qilib, 14-aprel soat 12:00 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 89 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют