» » Foto: Pandemiya vaqtida Shveysariyadagi tog‘ cho‘qqisida paydo bo‘layotgan yozuvlar va turli davlatlar bayrog‘i

Foto: Pandemiya vaqtida Shveysariyadagi tog‘ cho‘qqisida paydo bo‘layotgan yozuvlar va turli davlatlar bayrog‘i


Shveysariya hukumati koronavirus pandemiyasi xavfi vaqtida mashhur Matterhorn tog‘ining cho‘qqisini (Toblerone shokoladining qadog‘ida aynan ushbu cho‘qqi tasvirlangan) o‘ziga xos “umid ramzi”ga aylantirishga qaror qildi.

Bir necha hafta davomida cho‘qqida qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlarning tasviri porlab turdi: masalan, “Umid”, “Uyda qoling”, “Hozir orzu qil, keyin sayohat qilasan”.

“Biz insonlarga umid va birdamlik hissini taqdim etishni niyat qildik. Shu orqali pandemiyadan aziyat chekkanlarning barchasiga birdamlikni namoyish etamiz va ushbu inqirozni yengishda yordam ko‘rsatgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”, — deydi Shveysariya hukumati.

Mazkur loyiha 19-aprelga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Uni amalga oshirishda rassom Jerri Xofshtetter yordam ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, cho‘qqida pandemiyadan eng ko‘p jabrlangan davlatlarning bayroqlari ham paydo bo‘lib turibdi — Italiya, Ispaniya, Fransiya, Shveysariyaning o‘zi hamda boshqa davlatlar.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 25 688 kishiga yetgan, 1138 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют