» » Marg‘ilonda non sotayotgan fuqaro niqob taqishni talab qilgan IIB xodimini do‘pposladi

Marg‘ilonda non sotayotgan fuqaro niqob taqishni talab qilgan IIB xodimini do‘pposladi


Marg‘ilon shahridagi dehqon bozori hududida IIB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimi kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12-aprel kuni soat 15:30 da viloyat IIB PPX va JTSB xodimi bozor hududidagi avtoturargohga kirish qismida yuziga niqob taqmay non sotayotgan 18 yoshli D.Q.dan niqob taqib olishni talab qilgan.

Bunga javoban, Bosh prokuratura axborotida ta’kidlanishicha, fuqaro IIB xodimining yuz va oyoq sohalariga urib, tan jarohati yetkazgan. Jarayonning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Qayd etishlaricha, mazkur holat yuzasidan 13-aprel kuni Marg‘ilon prokuraturasi tomonidan D.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11,1 million so‘m)gacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-martdan boshlab jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz yurgan shaxslar jarimaga tortilmoqda. 6-apreldan boshlab esa o‘ta zaruratsiz ko‘chaga chiqish cheklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют